272
Qoldiq –кек –cake – boʻtanani suzgichdan oʻtkazilgandan
qolgan
mahsulot. Koʻpincha, 12-20% namlikka ega.
Kislotalilik – кислотность –acidity – eritmalardagi vodorod ionlarining
miqdorini anglatuvchi tuShuncha. uning miqdori
pH ning qiymati bilan
belgilanadi.
Koagulyant – коагулянт –coagulant – dispers
yoki kolloid sistemaga
qoʻshilganda pag’alanishni tezlatuvchi modda.
Koagulasiya – коагуляция –coagulation – oʻta
mayda zarrachalarning
bir-biri bilan qoʻshilib kattalashish jarayoni.
Qovushqoqlik – вязкость - viscosity – harakatlanayotgan suyuqlik yoki
gaz qatlamlarining bir-biriga koʻrsatayotgan qarshiligini
ifodalovchi kattalik,
qarshilik miqdori molekulalarning oʻzaro tortiShuv kuchlariga bog’liq.
Kolchedan –колчедан - pyrites – sulfidli rudalarning umumiy nomi.
Komponent –компонент –component – sistema tarkibidagi oddiy yoki
murakkab modda.
Konveer- конвеер – conveyer – sochiluvchan,
donali yuklarni uzluksiz
tashiydigan mashina, K.ning tasmali. kurakli va choʻmichli turlari bor.
Konsentrat– концентрат – concentrate – rudalarni boyitishdan olingan
mahsulot. Boyitmada kerakli minerallar miqdori dastlabki ashyodagi miqdorga
nisbatan koʻp boʻladi.
Boyitish stoli – концентрационный стол –concentrator – foydali
qazilmalarni gravitatsiya usulida boyitish dastgohi.
Kristal –кристалл –crystal – zarrachalar durlik
panjarasi hosil qilgan
fizik jism, modda.
Quritish pechi – сушильная печь - drying furnace – ashyolarni
quritish uchun ishlatiladigan sanoat pechi.