• Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
  • Raqamli bank xizmatlari va uning afzalliklari




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana22.05.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #250656
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    raqamli-bank-xizmatlari-va-uning-afzalliklari

     
    Kirish. 
    Bank xizmatlarini modernizatsiyalash va soddalashtirish tizimi mamlakat 
    moliyaviy xizmatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda 
    axborot texnologiyalari, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, bank tizimiga ham keng joriy 
    etilgan. Bank tizimida raqamli bankingni rivojlantirish iqtisodiy o‘sishning asosiy 
    masalalaridan biri ekanligi, ayniqsa butun dunyo bo’ylab hukm surayotgan koronavirus 
    pandemiyasi davrida ham yaqqol yuzaga chiqdi. Prezidentimiz bank tizimiga to‘xtalar 
    ekan, “Afsuski, bank tizimi raqamli texnologiyalardan foydalanish, yangi bank 
    mahsulotlari va dasturiy ta’minotni joriy etish bo‘yicha zamonaviy talablardan ortda 
    qolmoqda”, deya ta’kidlagan. Bunda biz raqamli bank xizmatlarini ishlab chiqilishi 


    SCIENTIFIC PROGRESS
    VOLUME 3 
    ǀ
    ISSUE 2 
    ǀ
    2022 
    ISSN: 2181-1601
    Uzbekistan
     
    www.scientificprogress.uz
     
    Page 809
    kerak bo’lgan masala sifatida tan olishimiz zarur. Muhim masalalardan biri bu 
    foydalanuvchilarning bank tizimiga ishonchini oshiradigan va qulay xizmatlarni taklif 
    etadiga raqamli bank tizimini rivojlantirish hisoblanadi. 
    Adabiyotlar tahlili va metodologiya. 
    Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, innovatsion 
    bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa xizmatlarini ko'rsatmasdan) 
    masofadan turib bank xizmatlarini ko'rsatuvchi bank yoki uning sho’ba korxonasi 
    raqamli bank hisoblanadi. Bu butun bank yoki bank filialiga berilgan ta'rifdir. Raqamli 
    banking bank xizmatlaridan foydalanuvchilarga bank mahsulotlarini onlayn tarzda 
    taqdim etish uchun dasturiy ta'minot to'plami sifatida ko'rib chiqilishi lozim. 
    A.A.Gontarning ta’kidlashicha, “Raqamli banking - bu bank va uning mijozlari 
    o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning yangi shakli, shu jumladan raqamli, axborot va 
    texnologiya strategiyalari sohasidagi iste'molchilar va tijorat mijozlari uchun moliyaviy 
    xizmatlar sohasidagi innovatsiyalar”. 
    Tadqiqotchi olimlardan Suchat Tungjitnob, Kitsuchart Pasupa, Boontawee 
    Suntisrivaraporn o’z tadqiqot ishlarida “Mobile banking” to’g’risida quyidagi fikrlarni 
    bildirib o’tganlar “Bank mijozlari banklarning mobil ilovalari (mobile banking) 
    yordamida istalgan joyda va istalgan vaqtda bank operatsiyalarini darhol amalga 
    oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, mobil banking ilovasi qo'shimcha filiallarni 
    ko'paytirish xarajatlarini kamaytiradi. Bank, 
    shuningdek, ilovadan mijozlar 
    ma'lumotlarini olishdan foyda oladi”. 
    “Rivojlangan mamlakatlarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, elektron 
    banking operatsion xarajatlarni kamaytiradi va shuning uchun banklar uchun katta foyda 
    keltiradi. …. Raqamli banking daromad olish uchun ko'proq imkoniyatlar yaratadi, 
    chunki ular qo'shimcha foizsiz manbalardan daromad keltiradi. Qulay bo‘lgan elektron 
    bank xizmatlari va mahsulotlarining joriy etilishi banklarga bo‘lajak mijozlarni jalb 
    qilish imkonini berdi va bu ularning bozordagi ulushini oshirish imkonini berdi”. 
    O‘zbekiston qonunchiligiga ilk marta raqamli bank tushunchasi 2018-yildan 
    boshlab kiritilgan bo’lib, “Banklarni ro‘yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash 
    tartibi to‘g‘risida” Nizomning birinchi bandida raqamli bankka quyidagicha ta’rif 
    berilgan: 
    “Raqamli bank — innovatsion bank texnologiyalaridan foydalangan holda (kassa 
    xizmatini ko‘rsatmasdan) bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatuvchi bank yoki uning 
    tarkibiy bo‘linmasi. Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish 
    bankning ichki tartib qoidalariga asosan qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan 
    holda amalga oshiriladi”. 
    O’zbekistonda ilk bor “ANOR BANK” AJ 2020-yil sentyabr oyidan raqamli bank 
    sifatida birinchi onlayn xizmatlarini ishga tushirgan hamda hozirgi kunda bir qator 
    zamonaviy bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda. 


    SCIENTIFIC PROGRESS
    VOLUME 3 

    Download 0,56 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli bank xizmatlari va uning afzalliklari

    Download 0,56 Mb.
    Pdf ko'rish