|
Raqamli bank xizmatlari va uning afzalliklariBog'liq raqamli-bank-xizmatlari-va-uning-afzalliklariǀ
ISSUE 2
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 810
Tahlil va natijalar.
Boston Consulting Group analitiklarining hisoblashlariga
ko’ra, raqamli iqtisodiyot bo’yicha boshqa rivojlanayotgan davlatlar yetakchilardan
o’rtacha 8-10 yilga orqada qolgan. Ammo agarda hech qanday chora-tadbirlar
ko’rilmasa, 3-5 yildan so’ng orqada qolish 15-20 yilga ham yetishi mumkin. “Industriya
4.0” konseptsiyasi doirasida ushbu ko’rsatgich milliy iqtisodiyotning investitsion
raqobatbardoshlik reytingi ko’rsatgichini aniqlashda asosiylaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi kunda bank sohasi dunyo bo’ylab raqamli qurollanish poygasiga kirishgan.
2018-yilda dunyo banklari raqamli banking imkoniyatlari uchun 9.7 mlrd. AQSH dollari
miqdorda investitsiya kiritishni rejalashtirgan. Ko’pchilik tijorat banklarida onlayn va
mobil bank dasturlarini yaratish va rivojlantirish odatiy bank filiallari va ATMlarni
ko’paytirishdan ko’ra muhimroq deb qaralmoqda.
Dunyo bo'ylab banklar allaqachon raqamli texnologiyalarga investitsiyalar qanday
bo'lishi mumkinligi hamda mijozlarni jalb qilish va qoniqish hosil qilish haqida
tushunib yetmoqda. Misol uchun Amerika banki an’anaviy bank filiallariga qaraganda
ko’proq onlayn depozitlar qabul qilgan. Bankning Bosh ijrochi direktori Brayn
Moynihaning fikriga ko’ra, raqamli bank xizmatlariga investitsiya kiritish mijozlarning
ehtiyojini qondirishga yordam beradi.
Darhaqiqat, “Raqamli bank” tushunchasi 2015-2020 yillar davomida Yevropa
davlatlarida jadallik bilan rivojlangan. Raqamli banklar o‘z mijozlariga yanada qulaylik
va foydali xizmatlarni taqdim etish maqsadida zamonaviy raqamli innovatsiyalardan
keng foydalanadi.
Afsus bilan qayd etish lozimki, jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlariga ko’ra
mamlakatimiz bu ko’rsatgich bo’yicha oxirgi o’rinlardan birida turadi. Moliyaviy
sektorda huddi shu tufayli ro’y berayotgan salbiy oqibatlarni yengib o’tish uchun milliy
iqtisodiyotda raqamli iqtisodiyotni keng ko’lamda qo’llashga erishish asosiy
masalalardan biri bo’lib hisoblanadi. Raqamli banking usullarini qo’llash, iqtisodiy
xavfsizlikni ta’minlash va mobil tizimlar rivojlanishiga alohida ahamiyat berish
moliyaviy bozorlar va banklar rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF5296-
sonli farmoni
1
imzolangach, bank tizimiga chakana bank xizmatlariga ixtisoslashgan
“raqamli” banklar va bank bo‘linmalarini tashkil etish hamda innovatsion bank
texnologiyalaridan foydalangan holda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada
kengaytirish vazifasi yuklatilgan.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020 yilda “Anorbank” va “TBC bank”lar raqamli
bank sifatida ro‘yxatga olindi. Bugungi kunda raqamli bank sanalmish “Anorbank” o‘z
mijozlariga mobil ilovalar yoki statsionar kompyuterlar orqali to‘liq raqamli xizmatni
taqdim etmoqda. Bu shuni anglatadiki, raqamli bank mijozi 24/7 tizimida bank
1
https://lex.uz/ru/docs/-3494933
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
|
| |