Raqamli aktivlar — bu moliyaviy hisobotlarni tuzishda
hisobga olinadigan raqamli shakldagi nomoddiy aktivlardir.
Raqamli aktivlarning rivojlanishini raqamli tijoratning
rivojlanishisiz tasavvur qilish qiyin. Raqamli tijorat esa, sodda va
ishonchli raqamli to‘lov tizimlarini yaratishni talab etadi.
Birinchi “onlayn” to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatishda aholi
o‘rtasida keng tarqalganligi sababli kredit va debet kartalaridan
foydalanilgan. “Visa” va “Master Card” kredit kartalari emitentlari
sotuvchilardan axborot almashinuvida yuqori xavfsizlik choralarini
ko‘rish shartlarini talab etishgan.
|