Xalqaro savdo va blokcheyn tizimi




Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/28
Sana21.01.2024
Hajmi2,63 Mb.
#142606
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
3-ma’ruza

3.17. Xalqaro savdo va blokcheyn tizimi
Xalqaro savdo — bu turli davlat-milliy xoʻjaliklari
oʻrtasidagi
tovar
va
xizmatlarning ayirboshlash
jarayonidir.
Xalqaro savdo qadimdan mavjud boʻlsada, faqat XIX asrga kelib,
yaʼni deyarli barcha rivojlangan mamlakatlar xalqaro savdo
aloqalarida ishtirok eta boshlashi bilan
jahon bozori
shakliga kirdi.
Xalqaro savdo
tashqi savdo aylanmasi
,
eksport
va
import
,
savdo
balansi
kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi.


Jahondagi globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro savdo
va kapitallar harakati, turizm, xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi
mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir etadi. Yangi
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, 
xalqaro iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Bunga
mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o‘sishini misol qilib keltirish
mumkin. “Elektron hukumat”, “Elektron boshqaruv”, 
“Telekommunikatsiya”, “Internet”, “Veb-sayt” kabi ko‘plab iboralar
hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylandi. IT kundalik
hayotimizning barcha sohasini qamrab olmoqda.


Ekspertlarning fikricha, 2020 yildan boshlab yirik banklarning
qariyb 30 foizidan ortig‘i o‘zlarining ish faoliyatida blokcheyn
texnologiyasidan foydalanishni boshlab yuborishdi. Bunga
blokcheyn texnologiyasining nisbatan endigina yaratilganiga
qaramasdan, uning mavjud biznes jarayonlardagi inqilobiy
o‘zgarishlarni qamrab olgani moliya bozorlari ishtirokchilari orasida
ulkan qiziqish uyg‘otganini sabab qilib ko‘rsatish mumkin.


Raqamli texnologiyalar rivojlanishi oxir-oqibat nomoddiy aktivlar, 
ya’ni fizik jihatdan mavjud bo‘lmagan nomonetar aktivlar oshishiga
olib kelmoqda. Masalan, 1975 yilda Amerikaning yirik
korporatsiyalari nomoddiy aktivlari 17 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 
2019 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 85 foizdan ortdi. Aniqroq
tushuntiradigan bo‘lsak, buxgalteriya balansidagi moddiy va
nomoddiy aktivlar o‘rni almashdi.
Raqamli aktivlar bo‘yicha global ishtirokchilar sifatida “North 
Plains Systems Corporation”, “Open Text Corporation”, “Widen”, 
“Net Xposure, Inc.”, “Media Beacon, Inc.”, “Hewlett-Packard 
Company”, “WebDAM” kabi yirik xalqaro korporatsiyalarni misol
qilib keltirish mumkin.

Download 2,63 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish