Raqamli biznes




Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/28
Sana21.01.2024
Hajmi2,63 Mb.
#142606
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
3-ma’ruza

Ethereum
Ethereum - bu aqlli shartnomalarni yaratish va ishga tushirish uchun
ochiq kodli markazlashtirilmagan platforma.
Ethereum infratuzilmasi har kimga markazlashtirilmagan ilovalarni
(dApps) yaratishga imkon beradi.
Ethereum markazlashmagan tarmog’i tufayli bu ilovalar
to’xtamasdan, senzura, tovlamachilik va uchunchi tomon
aralashuvisiz ishlaydi. 


Quorum
Quorum ochiq kodli blokcheyn platformasi boʻlib, u o’zida
Ethereum jamoat hamjamiyatining innovatsiyalari va korxona
ehtiyojlarini qoʻllab-quvvatlash uchun takomillashuvini ifodalaydi.
Platforma korporativ mijozlarga Ethereum dasturini taklif qiladi, 
lekin ruxsat talab qiladi.
Tranzaktsiyalar va shartnomalar maxfiyligi, xususan, bank va
moliyaviy xizmatlar ko'rsatuvchi kompaniyalar uchun ilovalar va
samarali vositalarni yaratish qo'llab-quvvatlanadi (garchi platforma
tarmoqlararo xizmatlar va yechimlarni taqdim etish uchun
mo'ljallangan bo'lsa ham).


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston
Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli qarori qabul
qilinishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, 
mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo‘yicha
quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim vazifalar belgilab berildi:



investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini
diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi
faoliyatni, jumladan mayning, smart-kontrakt, konsalting, emissiya, 
ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-
fanding (jamoaviy moliyalashtirish) texnologiyalarini joriy etish;

blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish
sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi
tushunadigan, amaliy ish ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni
tayyorlash, shuningdek, yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb
qilish;
kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari
sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har
tomonlama rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga
olgan holda zarur huquqiy bazani yaratish;

raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, 
texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va
tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.



Download 2,63 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish