|
Kriptovalyuta ishlash jarayoni va mayning fermalar
|
bet | 164/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiBu sahifa navigatsiya:
- Nonce
Yuqorida muhokama qilinganidek (4.3 - ga qarang), mayning - kriptovalyutaniishlash eng keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Mayning – bu turli xil murakkablikdagi kriptografik vazifalarni hal qilishdir. Bitcoin protokolidagi bunday kriptografik vazifa Nonce deb nomlangan parametrni tanlash vazifasidir (4.3.1rasmga qarang) [35]:
yaratilgan blokning sarlavhasiga qo‘shilib, Bits formatida
yozilgan nol bitlarning sonidan boshlab xesh - kodni berdi:
bu berilgan Difficulty katta soniga kichik (<) yoki teng (=) ga
teng keladigan xeshni olish:
Boshqacha qilib aytganda, hosil bo‘lgan blokka shunday qisqa Nonce ma’lumotlarini qo‘shish kerak, shunda blokning xesh - kodi bir nechta noldan boshlanadi:
Ushbu masalani faqat ko‘p sonli turli xil Nonce parametrlarini qayta ko‘rib chiqish orqali hal qilish mumkin. Bu juda mehnatkash va katta hisoblash quvvatini talab qiladi. Ushbu masalani birinchi bo‘lib bajarganmayner kriptovalyutani oladi.
Ushbu kriptografik masalaning yechimining to‘g‘riligini tekshirish oddiy - topilgan Nonce parametri qo‘shilgan blokning xesh- kodini hisoblash uchun SHA-256 xesh- funktsiyasini hisoblash algoritmidan foydalanish kerak.
Shunday qilib, Bitcoin tarmog‘idagi tugunlar o‘rtasida konsensusga erishiladi va blokcheynga yangi blok yoziladi.
Kriptovalyutani ishlash uchun mayning fermalaridan foydalaniladi (4.4.1-rasm):
Manba: cryptonews.su
4.4.1-rasm. Kriptovalyutani ishlash uchun mayning fermasi
Mayning fermasi – bu o‘zaro bog‘liq va virtual valyutani ishlab oluvchi qismlar to‘plami.
Mayning fermalar butunlay boshqa tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin: video kartalar, protsessorlar, qattiq disklar, faqat qazib olish uchun yaratilgan maxsus uskunalar.
Xozirgi kunda, ko‘pchilik maynerlar, bir-biriga bog‘langan bir nechta video kartalar mayning fermasi tushunchasini anglatadi. Shunday mayning fermalari faqat bitta vazifani bajarishi mumkin - uning hisoblash kuchidan foydalangan holda kriptovalyutaniishlab olish.
Mayning fermani ishi mayninning qaysi turini tanlashiga bog‘liq. Birinchi mayninglar statsionar kompyuterlarda amalga oshirildi, ularda kriptografik vazifalarni hal qiladigan maxsus dasturlar o‘rnatildi.
Tarmoq ishtirokchilari sonining ko‘payishi bilan bitta kompyuterning quvvatii yetarli emas edi. Faqat mayning uchun mo‘ljallangan mikrosxemalar (chiplar) mavjud edi, ular qo‘shimcha ravishda tizim blokiga o‘rnatildi.
Keyinchalik, faqat bitta vazifani – kriptovalyuta mayningni hisoblash uchun ASIC chipi ishlatildi.
Vaqt o‘tishi bilan boshqa mayning usullari paydo bo‘ldi.
Eng ommabop va hali ham mavjud video kartalarda mayningi (GPU - mayning). Mayning uchun fermalar – bu quyidagilarni o‘z ichiga oladigan tizimdir.
4 - 6 ta video kartalar. Video kartaning turi ferma yaratiladigan kriptovalyutaga bog‘liq. Hisoblash algoritmiga qarab, ba’zi hollarda NVIDIA video kartasi tezroq ishlaydi, boshqalarida - AMD. Dual -mayninga (bir vaqtning o‘zida ikkita kriptovalyutaniishlab olish) imkon beradigan video kartalar mavjud (Ethereum va boshqa kriptovalyutalarni ishlash);
har bir ferma va server uchun quvvat bloki; asosiy karta (motherboard);
kriptovalyutalarni saqlanadigan qattiq disk;
ventilyatorlar (kulerlar);
Mayning fermasi kunu tun ishlaydi. Bir fermada o‘rtacha elektr energiyasi 1 kVt / soatni tashkil qiladi.
Kriptovalyuat ishlab olish taxminan har 10 daqiqada sodir bo‘ladi. Bu vaqt ichida mavjud bo‘lgan barcha tarmoq 12,5 bitkoindan ko‘p bo‘lmagan pul ishlay oladi.
2009-yilda Bitcoinni mayningi boshlanganida, blokni to‘ldirish uchun mukofot 50 Bitcoinsni tashkil etdi; 2012-yilda mukofot 25 tangaga, 2016 yilda esa 12,5 taga tushirildi. Bunday ikki baravar kamchiliklar muntazam ravishda ro‘y beradi; keyingisi taxminan 2020-yilga rejalashtirilgan - undan keyin mukofot hajmi 6,25 Bitkoinga tushiriladi.
Mayning bilan bir qatorda, kriptovalyutani ishlash mumkin bo‘lgan boshqa ko‘plab sodda usullar ham mavjud. Ulardan ba’zilarini ko‘rib chiqaylik:
Kranlar – Kichik vazifalarni bajarish uchun Bitcoin va Boshqa tangalarni tarqatish xizmatlari: masalan, tizim foydalanuvchisi kimligini aniqlash uchun ishlatiladigan kompyuter testi: odam yoki kompyuter (captch), web-serfing va boshqalar.
Baunti – bu yangi ICO loyihalarini (kriptovalyutalar yordamida investitsiyalarni jalb qilish shakli) joylashtirish (posting), reposting, pul o‘tkazish orqali reklama qilish jarayoni. Birinchidan, tokenlarni (foydalanuvchining axborot xavfsizligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan qurilma) bepul olasiz, bu yaqin orada to‘liq huquqli kriptovalyuta bo‘ladi.
Bitcoin va boshqa muqobil kriptovalyutalar (altcoins) ni osongina sotib olish mumkin. Onlayn versiyada, bu kriptovalyuta birjalari, valyuta almashish shaxobchalar yoki hatto to‘g‘ridanto‘g‘ri amalga oshiriladi. VISA, Mastercardda yoki ba’zi elektron hisobvaraqlarda mablag ‘bo‘lsa kifoya. Naqd pulni kriptomatlarda olish mumkin. Ular an’anaviy terminallar bilan bir xil tamoyil asosida ishlaydi.
|
| |