|
Raqamli iqtisodiyot asoslari (Darslik) toshkent – 2020
|
bet | 166/201 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 4,94 Mb. | | #232599 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tether
Tether – bu Tether Limited tomonidan chiqarilgan fiat bilan bog‘liq bo‘lgan kriptovalyuta.
Tether, Bitniin BTC-dan farqli o‘laroq, Omni Layer protokoli orqali blockchaindan foydalanadi. Omni Layer protokoli blokcheyn bilan o‘zaro ishlaydigan, Bitcoinga asoslangan kriptovalyuta tokenlarining chiqarilishi va qaytarilishini ta’minlaydigan ochiq manbali dastur. Tether valyutasi 100% Tether platformasidagi zaxira hisobvarag‘idagi haqiqiy xorijiy valyuta aktivlari bilan ta’minlanadi. Tether Limited kompaniyasining xizmat ko‘rsatish shartlariga muvofiq kriptovalyutani milliy valyutalarga sotib olish yoki almashtirish mumkin.
Blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda, Tether foydalanuvchilarga dollar, yevro va ienalarga bog‘langan raqamli tokenlarni saqlash, yuborish va qabul qilish imkonini beradi. Bitcoin raqamli aktivlarning global bozor qiymatining qariyb 70 foizini tashkil qiladi. Biroq, kunlik va oylik savdolar hajmiga ko‘ra [36], Bitcoin kriptovalyuta yetakchi emas, balki bozor kapitallashuvi Bitkoinga nisbatan 30 baravar kam Teter.
2018-yilda Tetherning savdo hajmi Bitcoin narxidan kuniga 21 milliard dollarga oshdi. Mutlaq rekord 2018-yil may oyida o‘rnatildi, bunda USDT (Tether cryptocurrency token) kuniga 31 milliard dollarni rekord darajadagi aylanmani qayd etdi.
4.4.3-jadvalda eng mashhur kriptovalyutalarni asosiy ko‘rsatkichlari berilgan.
4.4.3-jadval Eng mashhur kriptovalyutalar ko‘rsatkichlari
Ishlab chiqarilgan yili
|
Nomi
|
Belgisi
|
Asoschi-
si
|
Xesh– funksiya
|
|
|
| |