|
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot fakulteti moliyaviy texnologiyalar fanidan
|
bet | 1/10 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 232,37 Kb. | | #267673 |
Bog'liq 14- mavzu kriptovalyutalar bozori va blokcheyn texnologiyalari r
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT FAKULTETI
MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR FANIDAN
Mavzu: Kriptovalyutalar bozori va blokcheyn texnalogiyalar.
Mustaqil ish
Bajardi:
|
L.L.Bozorov I-80-2
|
Tekshirdi:
|
A.Karimov
|
Toshkent-2024
6 - Mavzu KRIPTOVALYUTALAR BOZORI VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARI
Reja:
Kriptovalyutalarning iqtisodiy mohiyati va qo‘llanish xususiyatlari
Blokcheyn texnologiyalari. Mayning. Bitkoin. O‘zbekistonda kriptoaktivlar muomalasini tashkil etish
Tayanch so‘z va iboralar: Kriptovalyuta, blokcheyn, mayning, bitkoin, virtual pullar, elektron pullar, qog‘oz pullar, metal pullar.
1 – savol bayoni: Kriptovalyutalar va pul muomalasi xaqida so‘z yuritganda ularning pul evolyusiyasidagi o‘rnini aniqlashtirib olish kerak, albatta. Agar pulning evolyusiyasiga e’tibor karatadigan bo‘lsak, barter tizimidan so‘ng tovar pullar vujudga keldi va ayirboshlash vositasi sifatida ommaviy foydalanila boshladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning kengayishi tufayli tovar pullarning so‘nggi shakli bo‘lgan metall pullarning yuzaga kelgan tanqisligi qog‘oz pullarni ommalashishiga olib keldi. Shu bilan bir qatorda banklarning kreditlash tizimidagi o‘ziga xos xususiyati ularning pullarning keyingi shakli bo‘lgan bank depozitlarining yaratilishiga zamin hosil kildi.
O‘tgan asrning so‘nggi dekadasida internet tarmog‘ining yuzaga kelishi va uning XXI asrda globallashuvi raqamli vositalarning rivojlanishiga olib keldi. Bu esa o‘z navbatida pullarning keyingi avlodi bo‘lgan raqamli pullarni ham paydo qildi. Raqamli pullar ikki turga bo‘linib, biri elektron pullar deb atalsa, ikkinchi turi virtual pullar deb yuritilmoqda. Har ikkisi ham moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmasdan axborot shaklida kompyuter qurilmalarida saqlanadi. Elektron pullar Markaziy bank tomonidan muomalaga kiritiladi va rasman amaldagi rasmiy valyuta bilan teng kuchli hisoblanadi. Virtual pullar o‘z navbatida ikkiga bo‘linib, biri markazlashgan, ikkinchisi markazlashmagan hisoblanadi. Virtual pullarni tasniflaganda, birinchi navbatda, virtual pul sxemalari komponentlariga e’tibor qaratish lozim, xususan ular quyidagi 3 komponentdan iborat:
1. Virtual pulni chikarish va kaytarib olish;
2. Puldan foydalanish va aylanishi bo‘yicha ichki tartibni joriy qilish va qo‘llash mexanizmi;
3. To‘lov va hisob-kitob jarayoni.
Kriptovalyuta - raqamli valyutaning turi bo‘lib, uni yaratish va boshqarish kriptografik usullarga asoslangan. Odatda, kripto valyutani hisobga olish markazsizlashtiriladi. Ushbu tizimlarning ishlashi blockcheyn, yo‘naltirilgan aniklik grafik, konsensus registri (noutbuk) kabi texnologiyalarga asoslangan. Jurnal ma’lumoti odatda shifrlanmagan va ochiq matnda mavjud. Tranzaksiya blok zanjiri bazasi o‘zgarmasligini ta’minlash uchun kriptografiya elementlari ishlatiladi (ommaviy kalit tizimiga asoslangan raqamli imzo).
|
| |