|
Kriptovalyutaning afzallik / kamchiliklarini keltirib, izoh beramiz
|
bet | 8/10 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 232,37 Kb. | | #267673 |
Bog'liq 14- mavzu kriptovalyutalar bozori va blokcheyn texnologiyalari rKriptovalyutaning afzallik / kamchiliklarini keltirib, izoh beramiz.
Chegaralangan. Kriptovalyuta yaratilgan algoritmga asosan, ja’mi 21 000 000gacha bitkoin topish mumkin, bundan so‘ng esa yetishtirish to‘xtatiladi. Buni oqibatida nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, agarda moliyaviy portlash bo‘lmasa, kriptovalyuta muomalada qoladi va har zamon kursini o‘zgaritirib turaveradi.
To‘liq maxfiylik. Bitkoin – hamyonni raqamlari orqali uning egasi kim ekanligini bilib bo‘lmaydi, buning oqibatida noqonuniy pul aylantirish va firibgarlikka yo‘l ochiladi.
Ta’minlanmagan. Kriptovalyuta, real pullarga o‘xshab, doimiy rezerv bilan ta’minlanmagan va boshqa sabablarga ko‘ra bitkoin kursi kutilmaganda to‘liq nolga tushib ketishi hech gap emas.
Rasmiy ishlamaydi. Bitkoin moliya tizimiga yomon ta’sir etishi mumkin, shu sababli ko‘p davlatlar kriptovalyutaga ishonchsizlik bilan qaraydi. Rossiyada bitkoin yetishtirish bilan shug‘ullanganlarni javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun tayyorlashgan, lekin hali yo‘lga qo‘yilmagan. Balki bitkoinlar hech qachon rasmiy ishlamasa ham kerak, chunki uni qonunlashtirishsa, bitkoin real valyutani o‘rnini egallashi ham mumkin.
Uncha mashxur emas. Hozircha ko‘pgina moliyaviy muassassalar, Internet-do‘konlar va boshqa servislar bitkoinga ishonishmaydi va kriptovalyuta evaziga maxsulot sotmaydilar. Mashhurlashishi chegaralangani boyis Bitkoin to‘liq ishlatilmayapti.
Bitkoin va u bilan bog‘liq operatsiyalar amalga oshirilish uchun faqatgina internet tarmog‘iga ulangan ishtirokchilarning mavjud bo‘lishi kifoya. Bu qaysidir ma’noda oldindan mavjud torrent tizimida ishlovchi ishtirokchilar o‘zaro fayllar almashinuviga ham o‘xshab ketadi. Faqat bu tizimda fayllar o‘rnida maxsus kriptografik kodlar heshlangan holda bloklarga yig‘iladi. Bloklarning vaqt bo‘yicha to‘g‘ri ketma-ketlikda tuzilish esa blokcheyn (bloklar zanjiri) texnologiyasini yuzaga keltiradi.
Har bir ishtirokchi o‘zi amalga oshiradigan tranzaksiyani ommaviy kalit va maxfiy kaliti orqali amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi. Ommaviy kalit orqali bo‘ladigan harakatlar va tranzaksiyalar umumiy tizimda barcha ishtirokchilar tomonidan qayd etib boriladi. Maxfiy (yopiq) kalit orqali kelib tushgan pul mablag‘lari yoki chiqib ketadigan pul mablag‘lari tasdiqlanadi. Bu tranzaksiyalarni amalga oshirish va umuman boshqa har bir tranzaksiyani ishlov bergan holda saqlab olish uchun zamonaviy yuqori ko‘rsatkichli parametrlarga ega bo‘lgan (videokarta ishlov tezligi va protsessor chastotasi yuqori bo‘lgan) kompyuterlar va internet bo‘lishi talab etiladi. To‘liq kuchlanishda ishlashi uchun esa kompyuterlar ko‘proq energiya sarfini talab etadi. Ushbu xarajatlarni sarflash orqali ishtirokchilar nimaga erishadilar, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin.
Ishtirokchilar buning uchun rag‘batlantirish sifatida yangi bitkoin tangalari yoki komission haq olish imkoniga ega bo‘ladilar. Aslida ishtirokchilar soni qancha ko‘paygani sari bitkoin tangalarini yaratish ham shuncha qiyinlashib boraveradi. Buni ishtirokchilar xuddi oltin qazib olgani singari – Mayning qilish, deb nomlashadi. Bugungi kunga kelib mayning qilish uchun butun boshli zavodlar binolaridan foydalangan holda doimiy ravishda ishlab turuvchi yirik serverlardan iborat o‘ziga xos «mayning fermalari» yaratilgan. Kim avvalroq shu ishga qo‘l urgan bo‘lsa, hozirda barcha xarajatlarini qoplagan holda, bir necha million dollarlik daromadga ega bo‘lgan. Biroq kim kech boshlagan bo‘lsa, ularda bu xarajatlar hali qoplanmagan.
|
| |