|
Bitkoinning kursiga nima ta’sir qiladi?
|
bet | 4/10 | Sana | 15.07.2024 | Hajmi | 232,37 Kb. | | #267673 |
Bog'liq 14- mavzu kriptovalyutalar bozori va blokcheyn texnologiyalari rBitkoinning kursiga nima ta’sir qiladi?
Bitkoin bejizga raqamli oltin deb atalmaydi — uni chiqarish va tizimda yangi tangalarning paydo bo‘lishi doimiy ravishda qisqarib bormoqda va matematik formula bilan cheklangan (2034 yilga kelib bitkoinlarning 99 foizi chiqariladi). Talabning oshishi bilan narxlar ham o‘sib borishi lozim. Boshqa tomondan qaraganda, hozirgi paytda bozorda tizimda foydalanish mumkin bo‘lgan tangalarning 10 foizi bilan faol savdo qilinmoqda. Shuning uchun kursning keskin oshib ketishini birjaga yangi bitkoinlar oqimini jalb etish bilan qoplash mumkin.
Bitkoinlar deyarli har doim o‘sib borishi ta’kidlanmoqda. Bir nechta bitkoin xarid qilib, bir yildan so‘ng boyib ketish mumkinmi?
Ehtimoli yuqori, biroq har doim navbatdagi o‘sish oldidan kursning ikki-uch barobar tushib ketish xavfi mavjud. Shuning uchun yangi yil sovg‘alarida daromad qilishga umid qilayotgan bo‘lsangiz, siklga tushmay qolishingiz mumkinligini inobatga oling. 2017 yilning boshidan buyon bitkoin deyarli ikki yarim martaga, efirium (kapitalizatsiya bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turuvchi valyuta) 48 marta oshdi. Biroq keyinroq efirium qiymati ikki barobarga tushdi.
Sabrli investor uchun daromad istiqboli ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Maqola yozilayotgan paytda barcha kriptovalyutalarning jahon kapitalizatsiyasi 85 milliard dollarni tashkil etgan. Shu sababdan bozorning yanada o‘sishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Taqqoslash uchun: Rossiya aholisi bank depozitlari hajmi — 405 milliard dollar, AQShda bu ko‘rsatkich — 9 trillion dollar. Qimmatli qog‘ozlar dunyo bozori kapitalizatsiyasi esa 86 trillion dollar (2016 yil yakunida).
2 – savol bayoni: “Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reestri texnologilari), “sun’iy aql” superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat jahonning ko‘plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari nafaqat iqtiodiyotning ko‘plab sektorlariga, balki davlat boshqaruv tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy joriy etilmoqda1.
Hozirgi kunda jahon moliya tizimiga kriptovalyutalarni ta’sirini, ularni tebranuvchanligini prognoz qilish va kelajakdagi istiqbollarini o‘rganish maqsadida o‘nlab, yuzlab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Ta’kidlash lozimki, qator yirik banklar, xususiy va davlat moliyaviy tizimlari va institutlari tomonidan bu kabi tadqiqotlarni amalga oshirishga katta hajmdagi vaqt va mablag‘larni ayamay xarajat qilishayotganidan shunday xulosaga kelish mumkinki, blokcheyn va kriptovalyutalar xalqaro moliya munosabatlarida o‘z o‘rnini egalladi va yanada rivojlanish va kengayish bosqichida turibdi.
Blockchain — bu tizim ishtirokchilari vositachisiz bir-biriga aktivlarini ishonchli tarzda uzatish imkonini beruvchi texnologiya. Masalan, blockchain da pul ko‘chirmalari haqidagi yozuvlarni saqlash mumkin. Kriptovalyutalarda aynan blockchaindan kim, kimga va qancha virtual pul o‘tkazganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd qilish uchun foydalaniladi. Biroq blockchainda boshqa aktivlarni ham saqlasa bo‘ladi. Umuman olganda, nimani qog‘ozda yozishning imkoni bo‘lsa, o‘sha narsalarning barchasini blockchain da ham yozish mumkin bo‘ladi, faqat birgina farq bilan — blockchain da yozuvlarni almashtirish va soxtalashtirishning imkoni yo‘q.
Blockchain g‘oyasining yorqin namunasi – bu Ethereum kompaniyasi. Unga Rossiyaning Kolomna shaharchasida tug‘ilgan, hozirda Kanadada yashovchi 19 yoshli dasturchi Vitaliy Buterin asos solgan. Platforma blockchain da ilovalar yaratish uchun mo‘ljallangan. Bugungi kunda Ethereum kompaniyasi $703 mlrd. ga baholanmoqda. «Blokcheyn — ma’lumotlarni saqlash uchun taqsimlangan reestr...» — bu izohni bir necha marta eshitgan, biroq hech narsani tushunmagan bo‘lishingiz mumkin.
Blokcheyn — bir-biri bilan internet orqali bog‘langan ko‘plab kompyuterlarda bir vaqtning o‘zida saqlanuvchi ma’lumotlar bazasi. Uning nega kerakligini misol yordamida tushuntirish osonroq.
Braziliyadagi xolangizga bank jo‘natmalari orqali 100 rubl yubordingiz deb tasavvur qiling. Jo‘natma shaklini to‘ldirganingizdan so‘ng bank xodimi shaxsiy hisobingizdan pulni yechib olib, uni xalqaro o‘tkazmalar uchun bankning yagona hisobiga o‘tkazadi. Shundan so‘ng boshqa xodim bu pullarni agent bankning hisobiga o‘tkazadi, u esa, o‘z navbatida, pullarni Braziliyaga o‘tkazadi. U yerda o‘tkazmangiz aynan shu taxlit xolangizning shaxsiy hisobiga tushadi. Jo‘natma davomida hech kim xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa, uch kun o‘tib xolangiz 97 rublni oladi (barcha banklarning komissionlari olingandan so‘ng). Biroq eng qo‘rqinchlisi, shu uch kun ichida na siz va na sizning xolangiz, qolaversa, bankirlardan hech biri ayni vaqtda pullaringiz qaerda ekanligi va ularning hisobini kim yuritayotganligini bilmaydi. Serverning kutilmaganda buzilib qolishi, bank xodimining insofsizligi yoki xakerlik hujumi uzoq surishtiruvlarning boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Axir bu kabi hodisalar hisobingizdagi pullar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin. Demak, siz har kuni tizimga umid qilasiz va bankingizga ishonasiz, bu esa katta muammo.
Hozirda blokcheynlar asosan kriptovalyuta jo‘natmalari uchun foydalanilmoqda. Biroq u turli tashkilotlarning turli maqsadlari uchun ham faol joriy etilmoqda.
|
| |