• U holda bitkoinlarni nega xarid qilishadi
  • Bitkoinlarni qaerdan olishadi
  • Bitkoinlar bilan internetda odatiy pul kabi to‘lov qilish mumkinmi degan savol tug‘ilishi mumkin




    Download 232,37 Kb.
    bet3/10
    Sana15.07.2024
    Hajmi232,37 Kb.
    #267673
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    14- mavzu kriptovalyutalar bozori va blokcheyn texnologiyalari r

    Bitkoinlar bilan internetda odatiy pul kabi to‘lov qilish mumkinmi degan savol tug‘ilishi mumkin. Birinchi navbatda, shuni tushunish lozimki, siz bitkoinlarga nimanidir rasman xarid qila olmaysiz (misol uchun, Rossiyada), ya’ni xarid uchun hech kim sizga chek bermaydi. Bitkoinlar bilan to‘lov qilish mumkinligini e’lon qilayotgan sanoqsiz qahvaxona va savdo markazlari shunchaki mijozlarni jalb qilishni ko‘zlashi ehtimoli yuqori — ya’ni ular bitkoinni barmen karmoniga o‘tkazishingiz hisobiga sizga qahva sovg‘a qilishi mumkin.
    Bitkoinlar qora bozorlarda tez-tez ishlatiladi. U tez, anonim va nisbatan xavfsiz usul hisoblanadi. Aynan shuning uchun ko‘pchilik bunday xarid va bitkoinlardan foydalanishni qonunga xilof deb o‘ylaydi. Shunchaki ular joriy qonunchilikda aks ettirilmagan — ularning aylanmasi uchun javobgarlikni hech kim zimmasiga olishga tayyor emas. Biroq kriptovalyutalar bo‘yicha tegishli qonun loyihalari qabul qilinishi bilan vaziyat o‘zgarishi mumkin.
    U holda bitkoinlarni nega xarid qilishadi?
    Birinchidan, ba’zi mamlakatlarda (deylik, Yaponiya va Yevropaning ba’zi hududlarida) bitkoinlar yordamida to‘lov qilish – masalan, qahva yoki uy xarid qilish mumkin. Va bu juda qulay. Mablag‘ingiz o‘sha zahoti eng minimal komissionlar bilan yetib boradi, muhimi – bitimni amalga oshirish uchun sizga bank xodimlari yoki brokerlar kabi vositachilar talab qilinmaydi. Bu esa pul o‘tkazmasini yengillashtirib, uning anonimligini saqlab qoladi (kriptovalyuta hamyonlari uning egasi ismi bilan bog‘liq bo‘lmaydi).
    Ikkinchidan, ko‘pchilik bu usulni o‘z jamg‘armasining diversifikatsiyasi deb hisoblaydi. Bitkoinlar ko‘p holatlarda oshib boradi — har bir kishi kurs oshishi hisobidan daromad qilishga umid qiladi.
    Bitkoinlarni qaerdan olishadi?
    Odatda internet-ayirboshlovchilar, messenjerlardagi maxsus botlar, internet hamyonlar va kriptovalyuta birjalaridan foydalanishadi. Foydalanishning qulayligi va kurs oshib borayotgan vaziyatda ularni xarid qilishga talab oshib bormoqda. Kimdir shunchaki do‘stlaridan yoki tanishlaridan xarid qilishi mumkin.
    «Yandeks»dagi ba’zi ayirboshlovchilar bozordagi narxi 2 300 – 2 400 dollar chegarasida bo‘lishiga qaramasdan, bitkoinlarni uch ming dollarga xarid qilishni taklif qiladi. «Kivi» va «Yandeks» hamyonlaridan o‘tkazmalarni amalga oshirishda aksariyat kriptovalyuta birjalarining komission to‘lovlari besh foizga yetadi. Nazariy jihatdan qaraganda, eng oddiy va arzon usul — eng foydali kurs bo‘yicha xarid uchun yirik kriptovalyuta birjasiga bank o‘tkazmasini amalga oshirishdir. Biroq amalda bu jarayon ancha murakkab. Banklar bu kabi bitimlarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladi. Juda konservativ banklar yuqori texnologiyalar olamiga qiziqishingiz tabiatni aniqlash uchun hatto hisobingizni vaqtincha yopib qo‘yishi ham mumkin.

    Download 232,37 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 232,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitkoinlar bilan internetda odatiy pul kabi to‘lov qilish mumkinmi degan savol tug‘ilishi mumkin

    Download 232,37 Kb.