Ilova 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI ELEKTRON TIJORATNI JADAL RIVOJLANTIRISH




Download 4,94 Mb.
bet187/201
Sana14.05.2024
Hajmi4,94 Mb.
#232599
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   201
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Ilova 1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
ELEKTRON TIJORATNI JADAL RIVOJLANTIRISH
CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirishda, shu jumladan elektron tijoratni rivojlantirishda muayyan natijalarga erishish imkonini berdi.
Shunga qaramay, mamlakatda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan:
birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur’atlardagi o‘zgarishlariga mos kelmaydi va o‘z navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta’minlamaydi; ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda to‘liq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik to‘siqlari saqlanib qolmoqda; uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining to‘xtab turishiga olib kelmoqda; to‘rtinchidan, mahalliy to‘lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yo‘qligi, mamlakat tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan to‘liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta’sir qilmoqda; beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat budjetiga soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda; oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirmaydi, bu esa Internet tarmog‘i orqali mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda, shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
Mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni Internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish uchun zamonaviy mexanizm va tartibtaomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki:
qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida axborot tizimlari tomonidan shakllantiriladigan, bitimlardagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalar, talonlar, chiptalar va boshqa hujjatlarga tenglashtiriladi; tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektron tijorat bitimlarini amalga oshirishda to‘lovlar virtual terminallar (E-POS) orqali xaridorga naqd pulni qabul qilganligi to‘g‘risida elektron chek yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatni majburiy yuborgan hamda inkassatsiya qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshirish sharti bilan naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin; elektron tijorat subyektlari savdo faoliyatini amalga oshirishda to‘lov terminallaridan foydalangan holda tadbirkorlik subyektlarining korporativ bank kartalari, shuningdek, elektron
to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni qabul qilish huquqiga egadirlar; xalqaro to‘lov tizimi orqali to‘langan holda butunjahon Internet tarmog‘i orqali bitta invoys bo‘yicha 5 ming AQSh dollarigacha tovar (xizmat)larni eksport qilishda xaridor bilan yozma shartnoma tuzish talab etilmaydi va barcha yuridik va jismoniy shaxslarga umumqabul qilingan xalqaro amaliyotga muvofiq hisobot yuritgan holda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga axborot kiritmasdan hamda pochta aloqa xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga muvofiq yukning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirmasdan amalga oshirishga ruxsat etiladi;
virtual terminallar (E-POS) shu turdagi nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallariga tenglashtiriladi.

  1. Belgilansinki, 2018-yil 1-iyuldan boshlab: elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxslar (tovarlarni sotuvchilar) uchun to‘lovlarni keyinchalik ularni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish sharti bilan qabul qilish huquqi beriladi; elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar (xizmatlar) uchun ularning umumiy qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan to‘lov to‘lash talabi bekor qilinadi; elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno; elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilish, faqat saqlash va yetkazib berishda ularning xavfsizligini ta’minlash tartibi va talablariga qat’iy rioya qilgan hamda qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda yetakchi xorijiy savdo maydonchalari (ebay, Amazon va boshqalar), to‘lov tizimlari

(Paypal) bilan muzokaralar o‘tkazishni tashkil etsin va o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha mahalliy tadbirkorlik subyektlariga ushbu savdo maydonchalari va to‘lov tizimlari orqali tovarlar
(xizmatlar)ni realizatsiya qilish va hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini yaratish bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni, ularni saqlash va yetkazib berish talablari va shartlarini inobatga olgan holda, realizatsiya qilish va yetkazib berish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini kiritsin. 5. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

ikki oy muddatda elektron tijorat sohasida davlat miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish mexanizmini inobatga olgan holda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritsin;
mijozlarni mobil aloqa raqamiga bog‘liq holda masofadan identifikatsiya qilish mexanizmining samarali ishlashini ta’minlash maqsadida 2018-yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmog‘i abonenti boshqa mobil aloqa tarmog‘iga o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda elektron dasturiy mahsulotlar, axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini rasmiylashtirish, shu jumladan “bulutli texnologiyalar” xizmatini xarid qilish va unga obuna bo‘lishning buxgalteriya hisobini yuritish va bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy bank bilan birgalikda 2018-yil yakuniga qadar mobil telefonlar (planshetlar) qo‘llanilishini inobatga olgan holda bank kartalari va naqd pul to‘lovlarini qabul qiluvchi yagona qurilmalarni (E-POS terminal va onlayn NKM bir qurilmada) joriy etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rsin.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2018-yil 1-iyulga qadar muddatda Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestrini (keyingi o‘rinlarda Milliy reyestr deb yuritiladi) yaratish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.

Belgilab qo‘yilsinki:
Milliy reyestrni yuritish elektron shaklda onlayn rejimda amalga oshiriladi;
Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda tovar (xizmat)larni elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotilgan tovarlar (xizmatlar) hajmining kamida 80 foizini tashkil etuvchi, shu jumladan elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari, tovarlarni yetkazib berish, elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar kiritiladi.

  1. Milliy reyestrni shakllantirish, yuritish va kelgusida rivojlantirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga yuklatilsin.

  2. Milliy reyestrni yuritishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: elektron tijorat ishtirokchilari to‘g‘risidagi yagona elektron

axborot bankini yaratish; elektron tijoratni joriy etish va rivojlantirish holatining tizimli monitoringini olib borish va baholash, shu jumladan axborot tizimlari va resurslarini joriy qilishning samaradorligini o‘rganish; elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun maqsadli tahlilini olib borish va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

  1. Belgilansinki, Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar hisoblanadi.

  2. 2018 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Download 4,94 Mb.
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   201




Download 4,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilova 1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI ELEKTRON TIJORATNI JADAL RIVOJLANTIRISH

Download 4,94 Mb.