|
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
|
bet | 3/9 | Sana | 16.08.2024 | Hajmi | 135,41 Kb. | | #269556 |
Bog'liq raqamli-iqtisodiyot-va-biznesda-raqamli-texnologiyalardan-foydalanishning-samaradorligi
Iqtisodiyot va jamiyatning “raqamlashtirish” jarayoni (ingliz tilida - digitization ya’ni, raqamlashtirish, ba’zan esa digitalization ya’ni raqamlashtirilishi ma’nosini bildiradi) haqida gapirganda, birinchi navbatda, terminologiyaga aniqlik kiritish kerak. Eng keng ma’noda “raqamlashtirish” jarayoni, odatda, raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash va assimilyatsiya qilish tashabbusi bilan boshlangan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishni anglatadi.
Raqamli iqtisodiyot tushunchasiga bir qator ta’riflar berilgan. Jumladan, professor V.Ivanov “Raqamli iqtisod - haqiqatimizni to‘ldiradigan virtual muhit" deb ta’rif bergan. Professor D.Kungurovning fikricha, “raqamli iqtisod” atamasiga ikkita - klassik va an’anaviy yondashish mavjud.
Raqamli texnologiyalar asosida iqtisodiyotning va elektron tovar va xizmatlar eksklyuziv domen tavsiflovchi raqamli iqtisodiyot: birinchi yondashuv “klassik” deb nomlanib, klassik misollar - teletibbiyot, masofaviy ta’lim, dori-darmonlarni sotish (filmlar, televizorlar, kitoblar va boshqalar). Ikkinchi yondashuv: “raqamli iqtisod” ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarishdir. M.L. Kalujskiy raqamli iqtisodiyot - iqtisodiy internet faoliyati, shuningdek, shakllari, usullari, vositalari va uni amalga oshirish aloqa muhitidir, deb ta’riflagan [4].
Manbalarda keltirilishicha “Raqamli iqtisodiyot” iqtisodiyotning bunday turi ma’lum darajada amalda ishlaydigan turdagi model hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot - bu ishlab chiqarish kompleksi, inson uchun hayot va qulaylikni ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan ishlab chiqarish tizimi bo‘lib, u yerda ma’lum bir kiber-jismoniy (kiberfizicheskaya) tizim paydo bo‘ladi. Fikrimizcha, raqamli iqtisodiyot bu ishlab chiqarish kompleksi insonlar uchun qulayliklarni ta’minlaydigan mahsulot va xizmatlarni yaratadigan virtual muhit bo‘lib, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda iqtisodiy ishlab chiqarish tizimi sanaladi.
Raqamli iqtisodiyotga bo‘lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro‘y bergan jiddiy o‘zgarishlar tufayli sezilarli darajada o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o‘zaro muloqotni yanada tez va oson yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo‘ldi [5].
“Raqamlashtirish” so‘zi aslida yangi atama bo‘lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o‘laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo‘lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
|
| |