• Ijobiy tomonlar Xatarlar
  • “raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali




    Download 135,41 Kb.
    bet6/9
    Sana16.08.2024
    Hajmi135,41 Kb.
    #269556
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    raqamli-iqtisodiyot-va-biznesda-raqamli-texnologiyalardan-foydalanishning-samaradorligi

    Ilg‘or texnologiyalar

    “analog” dan raqamli korxonaga o‘tishni amalga oshiradigan texnologiyalar (sun’iy intellekt, neyron tarmoqlar, taqsimlangan ma’lumotlar registrlari, mashinalarni o‘rganish va boshqalar)

    Biznesda raqamli texnologiyalar korxonalarning daromadlarini va investitsion jozibadorligini yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, boshqaruvda ma’lumotlar bazasidan oqilona foydalanish kabi imkoniyatlari bilan raqamli texnologiyalar har qanday korxona uchun ularning samaradorligiga katta ta’sir etuvchi omil hisoblanadi.
    Bundan tashqari, COVID-19 davrida raqamli texnologiyalarni tezda tatbiq etgan kompaniyalar inqiroz davrida o‘z daromadlarini himoya qilish yoki xatto oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ammo yuqorida sanab o‘tganimizdek raqamli texnologiya
    jarayonini bir qancha xususiyatlar, korxona ko‘lami, mahsulot turlari, raqobat muhiti, moliyaviy manbaalar kabilarni e’tiborga olgan holda boshlash maqsadga muofiq sanaladi. Sanoat korxonalarining raqamli texnologiyasi o‘zining ijobiy tomonlari va olib kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy xavflarga ega bo‘lib, ular jadvalda keltirilgan.
      1. jadval Raqamli texnologiyaning ijobiy tomonlari va ehtimoliy xatarlari [6]


    Ijobiy tomonlar

    Xatarlar

    Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat buyumlari interneti, katta ma’lumotlarni tahlil qilish, uchuvchisiz havo, suv va yer transporti.

    Qarzga olingan import texnologiyalariga bog‘liqlik, o‘z vakolatlarining pasayishi, apparat va dasturiy taominotda yashirin “xatcho‘plar” ga ega bo‘lish imkoniyati.

    Yangi savdo bozorlari, biznes modellari, innovatsion ishlab chiqarishlar, ommaviy axborot xizmatlari va xizmatlari

    Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar kompaniyalari tomonidan innovatsion bozorlarni erta egallash imkoniyati

    Mehnat unumdorligining o‘sishi, ishlab chiqarish samaradorligi, avtomatlashtirish, robotlashtirish

    Ish joylarini qisqartirish, ayrim mutaxassisliklarni yo‘q qilish, ishsizlik, ijtimoiy keskinlik

    Xizmatlar samaradorligini va standartlashtirishni oshirish, vositachilarni yo‘q qilish, transport, tibbiyot, taolim va xizmat ko‘rsatish sohasini yo‘q qilish

    Huquqiy noaniqlik, firibgarlikning kuchayishi, axloqiy muammolar, ijtimoiy tabaqalanish

    Katta ma’lumotlarni tahlil qilish, raqamli identifikatsiya, xizmatni sozlash

    Maxfiylikning yo‘qolishi, intruziv reklama, korxonalarning maxfiy ma’lumotlari va fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarining tarqalishi

    Investitsiyalar, startaplar, raqamli pullar, faoliyatning yangi sohalari, yangi texnologik tartib

    Tashqi iqtisodiy boshqaruv, raqamli globalizm, raqamli mustamlaka

    Raqamlashtirish jarayoni keltirishi mumkin bo‘lgan foyda va zararlar riskini to‘g‘ri baholashdan so‘ng ushbu jarayonni joriy qilish rejasi tuziladi. Umumiy holatda raqamli korxona konsepsiyasi va strategiyasini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. Korxonaning raqamli texnologiyasi bir necha bosqichlardan o‘tadi (1-rasm).




    Download 135,41 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 135,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali

    Download 135,41 Kb.