|
Educational Research in Universal SciencesBog'liq 39-45Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 13 | 2023
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal November, 2023
41
tarbiyalash, bu ulug‘ zaminda takror va takror mutafakkirlar, zabardast olimlar yetishib
chiqishiga sabab bo‘ladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Uyg‘onish davri
baribir bo‘ladi, o‘shanda yangi Ulug‘beklar dunyoga keladi…”
Davlatimiz rahbarining uzoqni ko‘ra bilishlari va kelajakdagi yuksak marralarga
erishish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ortidan yuz berishini teran anglab, raqamli
iqtisodiyotsiz milliy iqtisodiyotning kelajagi yo‘q ekanligini ta’kidlashlari, xususan,
hokimlar faoliyatiga baho berishning yangi mezoni sifatida raqamlashtirish qay
darajada yo‘lga qo‘yilganligini belgilab berishlari bejiz emas.
Yana bir muhim jihati, avvalo aholi eng ko‘p to‘qnash kelayotgan sohalarni
raqamlashtirish, odamlarning og‘irini yengil qilishga ustuvorlik qaratish lozimligiga
alohida e’tibor berilyapti. Shu maqsadda sog‘liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya,
qishloq xo‘jaligi, ta’lim yo‘nalishlarini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan
loyihalar belgilab olindi. Xususan, “elektron poliklinika”, “elektron kundalik”,
“elektron darslik”, “o‘qituvchilarni baholash” tizimlarini barcha hududlarda joriy etish
ana shular jumlasiga kiradi.
Xalqimiz kundalik hayotida ijobiy o‘zgarishlarni sezar ekan, avvalambor,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga ishonchi va rag‘bati ortadi.
Buning natijasida, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda faollik kuzatiladi, Yurt
ravnaqi yo‘lida dahldorlik hissi ortadi, faol fuqarolik pozitsiyasi mustahkamlanadi.
Albatta raqamli iqtisodiyot jamiyatda muayyan o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi,
xususan, uning mehnat sharoitlariga ta’siri sezilarli bo‘ladi. Raqamli transformatsiya
sharoitida avtomatlashtirish jarayonlarining kuchayishi, sun’iy intellekt, ulkan
ma’lumotlar bilan ishlaydigan analitik tizimlar, robotlardan foydalanish ko‘lamining
ortishi mehnat resurslari uchun o‘rinbosar bo‘lib xizmat qiladi. Natijada biznes yuritish
sharoitlari takomillashib va samaradorlik sezilarli darajada ortadi.
Mazkur yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida “Raqamli iqtisodiyotni asosiy
“drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan
ishlarni olib borish” masalasi belgilangan [1].
Bunda “Raqamli infratuzilmani yanada rivojlantirish orqali barcha aholi
maskanlarini va ijtimoiy obyektlarni hamda magistral avtomobil yo‘llarini keng
polosali ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish.
Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish
va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 2026-yil yakuniga qadar 70
foizgacha oshirish.
|
| |