Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi ismatov umid




Download 2.63 Mb.
bet3/9
Sana08.06.2023
Hajmi2.63 Mb.
#70933
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ISMATOV UMID r

Bugungi kunda blokcheyn texnologiyalari yangi inovatsion texnologiya yo‘nalishi bo‘lishiga qaramasdan bir qator ijtimoiy sohalarga kirib borib, o‘z o‘rnini egallagan. Insonlarning intellektual ijodi mahsuli yaratilishining jadallashishi bilan bir qatorda, ulardan foydalanish, muhofazasini ta’minlash masalasi ham dolzarblashib bormoqda. Qolaversa, internet tarmog‘ining jamiyatimiz hayotida kirib kelishining takomillashishi oqibatida ma’lumotlar olish, axborot almashish hamda mulkka bo‘lgan huquqlarning ruxsatsiz foydalanish ham oshib bormoqda. Ushbu holatda yaratilayotgan intellektual mulk obyektlarini shaffof, ishonchli himoyasini tashkillashtiruvchi texnologiyalarga talab ortib bormoqda. Sababi, intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda, ularni fuqarolik huquqiy munosabatlar muomalasiga tatbiq etishda, ularning muhofazasi, nazorati va himoyasini ta’minlashda bir qator texnik usullarni amalda qo‘llanilishi bugungi kunda barchamizga ma’lum. Hozirgi kun jamiyatining yashash sharoitlarini yengillashtirish vositasi sifatida qaralayotgan internet tarmog‘i o‘z o‘rnida, intellektual mulk siyosatida yaratilgan obyektlarni muhofazasini ta’minlashda ishonchlilik nuqtai nazaridan emas, balki, ularning muhofazasini buzilishiga sababchi bo‘layotganligini kuzatishimiz mumkin.

Shu o‘rinda, jamiyatimizning ijtimoiy munosabatlarining barcha sohalarini axborotlashtirish dolzarbdir. Har bir jamiyat va davlatning rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarning ahamiyatini oshirmog‘imiz, uning jamiyatimizning barcha jabhalariga kirib borishini ta’minlashimiz darkor. Barcha ma’lumotlarni saqlashning eng qulay usuli – bu uni taqsimlab qayd etishdir. Taqsimlangan ma’lumotlarning reyestri sifatida, bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, blokcheyn tushunchasiga, uning kelib chiqish doirasiga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, ushbu tushuncha borasida, bir qator ta’riflar mavjud bo‘lib, ularga birma bir to‘xtalib o‘tsak. Avvalombor, “blokcheyn” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “bloklar zanjiri” ma’nosini anglatadi. Boshqa bir adabiyotda keltirilgan ta’rifga asosan, “Blokcheyn – bu markazlashtirilmagan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u o‘zida undan ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar ma’lumotlari (o‘tkazmalari) haqida ma’lumotlarni alohida “zanjir” shaklida saqlash imkonini beradi”1 . Angliya bankining fikricha, “blokcheyn – bu bir-birini bilmaydigan insonlarga ishonchli tarzda va birgalikda foydalanish imkonini beradigan texnologiyadir”2 . Bir so‘z bilan aytganda, Blokcheyn – ma’lum qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotni o‘z ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiridir.


Download 2.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 2.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi ismatov umid

Download 2.63 Mb.