Raqamli iqtisodiyotning bugungi holati: muammo va




Download 491.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana15.12.2022
Hajmi491.49 Kb.
#34996
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
33 Kurpayanidi Ilyosov
fransuz tili mustaqil ta\'lim
Tadqiqot metodologiyasi
 
Maqolada raqamli platformalarning jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini o‘rganishda qiyosiy-
tadrijiy tahlil, yuqori va quyi o‘rinlardagi kompaniyalarning bozor kapitallashuvi, transmilliy 
kompaniyalarning raqamli platformalar asosida rivojlanish tendensiyalari tahlilida statistik-
matematik, hududlar kesimida Internet qamrovi statistik guruhlash va taqqoslash 
usullaridan foydalanildi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi asosida internet 
trafiklaridan foydalanish holati dinamik tahlil asosida yoritib berilgan. 
Tahlil va natijalar
 
Raqamli iqtisodiyotning quyidagi afzalliklari ajratiladi [6]: 
• mehnat unumdorligini 40 %gacha oshirishi taxmin qilinadi; 
• raqamli iqtisodiyot juda katta miqdordagi mashina o‘qishi mumkin bo‘lgan 
ma’lumotlarni (raqamli ma’lumotlar) to‘plash, foydalanish va tahlil qilish qobiliyatiga ega; 
• onlayn platformalar orqali sotiladigan yangi ish shakllarining yuzaga kelishi; 
• raqamli transformatsiya maxsus xizmatlar uchun savdo infrastrukturasining 
o‘zgarishi; 
• sanoat mahsulotlari eksporti endilikda AKT mahsulotlari va xizmatlariga bog‘liq 
bo‘lib qolmoqda; 
• raqamli iqtisodiyot juda qisqa vaqt ichida ulkan boyliklarni keltirib chiqardi, ammo 
bu boylik oz sonli shaxs, kompaniya va mamlakatlar atrofida to‘plangan. Amaldagi siyosat va 
qoidalar asosida ushbu traektoriya davom etishi mumkin, lekin bu tengsizlikning 
kuchayishiga olib keladi.
Shu bilan birga ushbu iqtisodiyotning ayrim ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Ular 
quyidagilar: 
yangi texnologiyalar, ayniqsa sun’iy intellekt, muqarrar ravishda mehnat bozorida 
katta o‘zgarishlarga olib keladi, jumladan, ba’zi tarmoqlarda ish o‘rinlarining yo‘qolib ketishi 
va boshqalarida keng miqyosda imkoniyatlar yaratilishiga olib keladi; 
• raqamli iqtisodiyot bir qator yangi va turli xil ko‘nikmalar, ijtimoiy himoya 
siyosatining yangi avlodi, ish va bo‘sh vaqt o‘rtasidagi yangi munosabatlarni talab qiladi;



Download 491.49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 491.49 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli iqtisodiyotning bugungi holati: muammo va

Download 491.49 Kb.
Pdf ko'rish