“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil




Download 491.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana15.12.2022
Hajmi491.49 Kb.
#34996
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
33 Kurpayanidi Ilyosov
fransuz tili mustaqil ta\'lim
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil 
313 
1/2021 
(№
 
00051)

 
http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy jug‘rofiyasi Shimol va Janub o‘rtasidagi an’anaviy 
farqni ko‘rsatmaydi. Uni rivojlangan va izchil rivojlanayotgan – AQSh va Xitoy boshqarib 
kelmoqda. Masalan, ushbu ikki mamlakat blokchayn texnologiyalari bilan bog‘liq barcha 
patentlarning 75 foizi, narsalar Interneti (
internet of things - IoT)
ga sarflanadigan 
xarajatlarning 50 foizi va umumfoydalanishdagi bulutli texnologiyalar dunyo bozorining 75 
foizidan ortig‘ini tashkil etadi. Va, eng ajablanarlisi, ular dunyodagi 70 ta eng yirik raqamli 
platformalar bozor kapitallashuv qiymatining 90 foizini tashkil etadi. Yevropaning ulushi 4 
foiz, Afrika va Lotin Amerikasiniki esa atigi 1 foiz. 
Bu "super platforma"lar – Microsoft, undan keyin Apple, Amazon, Google, Facebook, 
Tencent, Alibaba umumiy bozor qiymatining uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Shunday qilib, 
ko‘plab raqamli texnologik ishlanmalarda dunyoning qolgan qismi, ayniqsa Afrika va Lotin 
Amerikasi AQSh va Xitoydan ancha orqada qolmoqda. Mavjud savdo friksiyalarining 
ayrimlari oxirgi texnologiyalar sohasida global miqyosda hukmronlik qilishga intilishni aks 
ettiradi. 
Raqamli iqtisodiyot qiymati, u bilan bog‘liq qiymatlarni yaratish va egallashda ayrim 
qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyotning umumqabul qilingan ta’rifi yo‘q.
Ikkinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarda uning asosiy tarkibiy qismlari va 
o‘lchamlari to‘g‘risida ishonchli statistika yo‘q. Vaziyatni yaxshilash bo‘yicha bir nechta 
tashabbuslar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, ular yetarli emas va raqamli iqtisodiyotning tez 
sur’atlar bilan rivojlanishiga qarshilik qilmoqda. 
Raqamli iqtisodiyot o‘lchamlari dunyo yalpi ichki mahsulotining 4,5 foizidan 15,5 
foizigacha o‘zgardi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida qo‘shilgan 
qiymatga kelsak, AQSh va Xitoy birgalikda dunyo YaIMning qariyb 40 foizini tashkil qiladi. 
Yalpi ichki mahsulotda ushbu tarmoq ulushi Xitoyning Tayvan provinsiyasi, Irlandiya va 
Malayziyada eng yuqori hisoblanadi. 
AKT sohasida kompyuter xizmatlari eng katta tarkibiy qism bo‘lib, qo‘shilgan 
qiymatning 40 foizini tashkil etadi. Butunjahon kompyuter xizmatlari sanoatida AQSh 
ustunlik qiladi; ushbu sohaning sanoat qo‘shilgan qiymatidagi ulushi to‘qqizta yirik 
iqtisodiyotning jami ulushidan katta. Bu borada Hindiston rivojlanayotgan davlatlar orasida 
eng katta ulushga ega. Barcha mintaqalar bo‘yicha o‘sib boradigan yagona tarmoq bo‘lgan 
kompyuter xizmatlari ushbu sohada bandlikning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. AKT 
ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat Sharqiy Osiyoda yuqori darajada to‘plangan (Xitoy 
boshchiligida) va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ushbu sektordan qiymat olish 
imkoniyati cheklangan bo‘lishi mumkin. So‘nggi o‘n yillikda, raqamli ravishda yetkazib 
berilishi mumkin bo‘lgan AKT xizmati va xizmatlarining global eksporti umumiy xizmatlar 
eksportiga nisbatan ancha tez o‘sdi, bu dunyo iqtisodiyotining tobora rivojlanib 
borayotganligini aks ettiradi. Raqamli ravishda yetkazib beriladigan xizmatlar eksporti 2018-
yilda 2,9 trln AQSh dollar (2008-yilda 1,8 trln. AQSh dollar) yoki global xizmatlar eksportining 
50 foizini tashkil etdi. Kam rivojlangan mamlakatlarda bunday xizmatlar umumiy xizmatlar 
eksportining qariyb 16 foizini tashkil etdi va 2005-yildan 2018-yilgacha ular uch baravar 
ko‘paydi[10]. 
Raqamli platformalar dunyo iqtisodiyotida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Bozor kapitallashuvi 100 million AQSh dollaridan oshgan platforma kompaniyalarining 
umumiy qiymati 2017-yilda 7 trln dollardan oshiqroq baholandi – bu 2015-yilga nisbatan 67 
foizga yuqori. Ba’zi global raqamli platformalar ma’lum sohalarda juda kuchli bozor 
pozitsiyalariga erishdilar. Masalan, Alphabet (Google) Internetda qidirish bozorining 90 



Download 491.49 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 491.49 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 1, yanvar-fevral, 2021 yil

Download 491.49 Kb.
Pdf ko'rish