214
oshiriladi, qo‘llanilayotgan qabul texnologiya esa har bir axborot
kadridagi xatolarni tahlil qilish imkoniyatini beradi. Bunda, agar
xatolar soni yo‘l qo‘yiladigan qiymatdan oshib ketsa, unda kadr
o‘chiriladi
(frame erasure). O‘z navbatida “bitlarni o‘chirish
chastotasi” E0/N0 munosabat bilan aniqlanadi. Sotadagi aktiv
abonentlar soni ko‘payganda, o‘zaro xalaqitlar tufayli E
0
/N
0
nisbat pasayadi, xatolar takrorlanishi esa oshadi. Bunday xatolar
kattaligi bo‘yicha umumiy normalar hali qabul qilinmagan,
shuning uchun turli xil ishlab chiqaruvchi firmalar o‘zlari
tomonidan tez-tez uchrab turadigan xatolarning joiz qiymatini
qabul qilishadi. Masalan Qualcomm firmasi xatolarning tez-tez
sodir bo‘lish qyimat kattaligini uch foizga teng deb hisoblaydi,
bunda CDMA tizimining sig‘imi AMPS tizimiga qaraganda
20..30 marta kattalashadi. O‘z navbatida Motorola firmasi yo‘l
qo‘yiladigan xatolar soni bir foizga teng deb hisoblaydi, unda
AMPS tizimiga qaraganda CDMA tizim sig‘imi faqat 15 marta
kattalashadi.
Motorola firmasining ma’lumotlariga asosan E
0
/N
0
=7…
8dB nisbatda va yo‘l qo‘yilgan xatolar takrorlanishi bir foiz
bo‘lganda uch sektorli sotada 60 tagacha aktiv kanallar tashkil
qilish mumkin.