209
• UMTS va GSM tarmoqlari orasida “xendover”ni
tekis amal-
ga oshirishning texnologik murakkabligi;
• sotaning uncha katta bo‘lmagan radiusi (xizmatlarni to‘liq
taqdim etish uchun u 1—1,5 km ni tashkil etadi);
• akkumulyator batareyalarining kam sig‘imliligi bilan birga
mobil terminallarning nisbatan og‘irligi.
CDMA standarti (Code Division Multiple Access) — asosida
kanallarni kod bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalana
olish texnologiyasi yotadi. CDMA tizimlarida har bir ovoz oqimi
o‘zining yagona noyob kodi bilan
belgilanadi va bir vaqtning
o‘zida boshqa ko‘plab kodlashtirilgan ovozlar oqimi bilan
birgalikda bitta kanalda uzatiladi. Qabul qiluvchi tomon signalni
shovqindan ajratish uchun aynan shu koddan foydalanadi.
Ko‘plab ovozli oqimlar orasidagi yagona farq bu noyob koddir.
Qoidaga asosan kanalning kengligi juda katta bo‘lib,
har bir
ovoz oqimi diapazonining butun spektrini egallaydi. Mazkur tizim
kengligi 1,23 MHz bo‘lgan kanallar to‘plamidan foydalanadi.
Ovoz 8,55 Kbit/s tezlikda kodlashtiriladi,
ammo ovoz aktivligini
va kodlashtirishning turli tezliklarini aniqlash jarayoni ma’lumotlar
oqimini 1200 bit/s gacha kamaytirishi mumkin. CDMA tizimlarida
signal quvvatining o‘lchami ekstremal past bo‘lishiga qaramasdan
juda mustahkam va himoyalangan barqaror bog‘lanishlar
o‘rnatiladi. Nazariy jihatdan signal o‘lchami
shovqin darajasiga
qaraganda kuchsiz bo‘lishi mumkin.