• 14-bob. LTE STANDARTINING RIVOJLANISH TARIXI 14.1. 3GPP Long Term Evolution (LTE)
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    Nazorat savollari:
    1. Hozirgi vaqtda dunyoda qancha 3G standartlari (standartlar 
    oilasi) mavjud? 
    2. W-CDMA texnologiyasining asosiy xarakteristikalarini kel-
    tiring. 
    3. UMTS standartining asosiy kamchiliklari nimada? 
    4. CDMA-2000 standarti asosidagi sotali aloqa tizimlarining 
    evolyutsiyasi. 
    5. FOMA standartining asosiy xarakteristikalari.


    225
    14-bob. LTE STANDARTINING
    RIVOJLANISH TARIXI
    14.1. 3GPP Long Term Evolution (LTE)
    3GPP Long Term Evolution (LTE) — mobil aloqa protokoli 
    bo‘lib, kelajakda ma’lumotlar uzatish tezligiga bo‘ladigan ehtiyoj-
    ni qondirish uchun UMTS standartini takomillashtirish bo‘yicha 
    3GPP loyihasi hisoblanadi. Ushbu takomillashtirish natijasida, 
    misol uchun, aloqa samaradorligini oshirish, tarmoqlarni tash-
    kil etishdagi xarajatlarni kamaytirish, taqdim etiladigan xizmat-
    lar darajasini mukammallashtirish va kengaytirish, shuningdek, 
    mavjud mobil va keng polosali aloqa protokollari bilan o‘zaro 
    hamkorlikni ta’minlab berish imkoniyatlari paydo bo‘ladi. 3GPP 
    LTE standartida ma’lumot olishning nazariy tezligi 326,4Mbit/
    sek, uzatishning tezligi esa, 172,8Mbit/sek gacha etishi mumkin.
    LTE standartiga 2004-yilda asos solingan. Asosiy maqsad 
    UTRA radioulanish (UMTS standartida foydalaniladigan) ar-
    xitekturasini optimizatsiyalash hamda 3GPP loyihasidagi uchin-
    chi avlod tizimlaridan to‘rtinchi avlod tomon rivojlanishni 
    ta’minlab berishga qaratilgan edi. Tadqiqotlarning boshlang‘ich 
    bosqichidagi asosiy maqsadi ma’lumotlarni yuqori tezlikda uza-
    tishni ta’minlab bera oladigan fizik darajadagi texnologiyani bel-
    gilab olish edi. Asosiy variant sifatida ikki yo‘nalish taklif etildi: 
    yo mavjud W-CDMA texnologiyasi asosidagi radiointerfeysni 
    rivojlantirish yoki OFDM texnologiyasi asosida ishlaydigan bu-
    tunlay yangi radiointerfeysdan foydalanish. Olib borilgan tad-
    qiqotlar natijasida ushbu masalaning yagona yechimi OFDM 
    texnologiyasidan foydalanish bo‘ldi. LTEning ilk spetsifikatsi-
    yalari “3GPP ettinchi relizi” doirasida yaratilgan edi (ingl. 3GPP 
    Release 7). 2008-yilning dekabr oyiga kelib, LTE tizimlariga 
    qo‘yiladigan arxitekturaviy hamda funksional talablarni belgilab 
    beradigan 3GPP standartlarining 8-relizi (ingl. 3GPP Release 8) 
    tasdiqlangan edi (14.1-rasm).


    226

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish