222
Hozirgi vaqtda NTT DoCoMo kompaniyasi “pastga” kanalda
7,2Mbit/sek va “yuqoriga” kanalda 5,7Mbit/sek gacha ma’lumot
uzatish tezligini ta’minlovchi “O‘ta tez FOMA”
(ingl. FOMA
High-Speed) nomini olgan HSPA xizmatlarini taqdim etmoqda.
Umuman, o‘zining texnik xarakteristikalari bo‘yicha FOMA
standarti
UMTS standartiga juda yaqin, shuning uchun bu darslik
doirasida ushbu standartning qisqa ta’rifi bilan cheklanildi.
Tabiiyki, FOMA standartining bo‘lajak rivojlanishi LTE stan-
darti bilan qo‘shilish tomoniga qaratilgan
va ARIB va TTC yapon
standart ishlab chiquvchilari 3GPP doirasida LTE loyihasini
yaratishda bevosita ishtirok etganlari bunga qo‘shimcha dalildir.