Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

13.5. TD-SCDMA standarti
TD-SCDMA (ingl. Time Division-Synchronous Code Division 
Multiple Access) bu bir eltuvchi chastotali, vaqt bo‘yicha dupleks-
lovchi CDMA texnologiyasi asosidagi uchinchi avlod tizimlari-
ning “Xitoy” varianti hisoblanadi. Standart 2006-yilda Xitoy tele-
kommunikatsiya sanoatini qo‘llab-quvvatlash va CDMA-2000, 
W-CDMA texnologiyalari patentlari uchun to‘lovlardan xoli 
bo‘lish maqsadida ishlab chiqilgan va rasmiy qabul qilingan.
TD-SCDMA standarti TDD duplekslash usuli ishlatilgan 
W-CDMA texnologiyasini rivojlantirilishi hisoblanadi. Ger-
maniyani Siemens kompaniyasi va Xitoy telekommunikatsiya 
texnologiyalari akademiyasi — CATT (ingl. China Academy of 
Telecommunications Technology) hamkorligida yaratilgan ushbu 
standart HTI tomonidan UMTS standartlar oilasining bir a’zo-
si sifatida ma’qullangan. TD-SCDMA standarti aholisi o‘ta zich 
hududlarda, Xitoyga xos bo‘lgan cheklangan chastota resurslari 
sharoitida ishlashga mo‘ljallangan.
RAT (ingl. Radio Access Technology) radioulanish texnologi-
yasi uch kombinatsiyadan iborat: kanallarni vaqt bo‘yicha du-
plekslash (TDD), kanallarni vaqt (TDMA) va kod (CDMA) 
asosida multiplekslash mexanizmlari. Aloqa 5ms davomiylikdagi 


223
ettita vaqt intervallariga (taym slotlarga) ajratilgan davriy ravish-
da takrorlanadigan kadrlar (freymlar) orqali amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari, har bir taym-slotda 16 ta kodli ketma-ketliklar 
yordamida 16 tagacha CDMA kanallarini shakllantirish mumkin. 
Texnologiya ning muhim xususiyati bu real uzatiladigan trafikdan 
kelib chiqqan holda taym-slotlarni moslashtirib taqsimlash im-
koniyatidir. Masa lan, asimmetrik ilovalarda (Internetda ishlash) 
“yuqoriga” kanal uchun bir taym-sloti egallansa, “pastga” kanal 
uchun esa qolgan oltita taym-slotlarni ajratish mumkin.
TD-SCDMA tarmoqlari uchun 1,6MGs kenglikdagi polosa-
lar ishlatilishi ko‘zda tutilgan. Yagona kanal uchun mo‘ljallan-
gan freymdagi taym-slotlarni sonini o‘zgartirish hisobiga, modul-
yatorni 1,28 Mchip/sek simvol tezligi asosida, ushbu texnologiya 
1,2kbit/sek dan 2Mbit/sek gacha bo‘lgan keng ko‘lamdagi mos-
lashuvchan ma’lumot uzatish tezligini ta’minlashi mumkin. Foy-
dalanilgan chastota diapazoniga qarab aloqa uzoqligi 40 km 
gachani tashkil etishi mumkin. Standart abonentlarni yuqori mo-
billigini ta’minlaydi va 120 km/soat gacha bo‘lgan abonentning 
harakatlanish tezligida ham aloqa sifatini saqlaydi.
TD-SCDMA texnologiyasida TDD dupleks sxemasi tanlani-
shi asoslidir. Ma’lumki, TDD dupleksi kichik xizmat ko‘rsatish 
hududida abonentlarning zich joylashgan sharoitlarida o‘zining 
afzalliklarini ko‘rsatadi va 45–220MGs ga bir-biridan tarqalgan 
juft chastotalar bo‘lmagan hollarda yagona yechim hisoblanadi. 
Shuningdek, TDD tufayli kiruvchi va chiquvchi trafik munosa-
batlarini moslashuvchanlik bilan o‘zgartirish mumkin va bu as i m-
me trik ilovalar bilan ishlashda juda qo‘l keladi. 
Shuningdek, muhimi shuki, ishlab chiquvchilar TD-SCDMA 
tizimlari GSM tarmoqlari bilan o‘zaro ishlashini hamda GSM va 
W-CDMA texnologiyalarining yuqori darajalardagi signalizatsiya va 
protokollarini qo‘llab-quvvatlashi tufayli W-CDMA tarmoqlariga 
“silliq” o‘tishini ko‘zda tutishdi. Bunga qo‘shimcha, TD-SCDMA 
standartining birinchi telefonlari ikki rejimli bo‘lib, GSM-chipset-
lari bilan birga TD-SCDMA chipsetlaridan foydalangan. 


224
Taxminlar bo‘yicha, TD-SCDMA standarti asosidagi tarmoqlar 
o‘zlarining 4G tomon evolyutsion rivojlanishda LTE standartiga 
o‘tadilar. 

Download 8,51 Mb.
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish