220
13.3. CDMA-2000 standarti uchun radiochastota spektri
CDMA-2000 tarmoqlarini mobil aloqa tizimlari uchun ajratil-
gan deyarli barcha chastota diapazonlarida
qurish mumkinligi tu-
fayli radiochastotalardan foydalanish masalasida katta moslashuv-
chanlik mavjud.
CDMA-2000 tizimlari cdmaOne (IS-95) tarmoqlari vorisi si-
fatida yaratilgani tufayli, ularni 800MGs va 1900MGs
diapazon-
laridagi chastotalarni qo‘llab-quvvatlashi asosiy talablardan bo‘ldi.
Shu bois CDMA-2000 operatorlari o‘z tarmoqlarini qurishlarida
sarmoya masalasida katta afzalliklarga ega bo‘ldilar.
AQSH aloqa ma’muriyatining “3G tizimlarining yashov-
chanligini baholash”
(ingl. 3G Viability Assessment) nomi bilan
ham yuritilgan yangi rejasi 2004-yilga kelib 1710—1770MGs
va 2110—2170MGs diapazonlarida qo‘shimcha
chastotalar
ajratilish g‘oyasini olg‘a yuritdi. Natijada 3G tizimlari uchun
(xususan, CDMA-2000 uchun) 1710–1755MGs diapazonda
45MGs va 2110–2150 MGs diapazonda 40MGs kenglikdagi po-
losalar ajratildi.
Shuningdek, CDMA-2000 tizimlari ko‘plab
davlatlarda NMT-
450 birinchi avlod tarmoqlarining “munosib o‘rinbosarlari” bo‘ldi
va ularning chastota diapazonini o‘zlashtirdi.
Shunday qilib, zamonaviy CDMA-2000 tarmoqlari asosan
quyi dagi diapazonlarda ishlatiladi:
• 850MGs va 1900MGs (asosan AQSHga xos) – dunyodagi
barcha tarmoqlarni 87 foizi ushbu polosalarda ishlaydi;
• 450MGs, 1700MGs, 2100MGs (dunyo miqyosida) – tarmoq
larning qolgan 13 foiziga mansub.
Misol uchun, janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida ko‘plab CDMA-
2000 tarmoqlari “yuqoriga” kanalda 825–832,5 MGs va “pastga”
kanallarda 870–877,5MGs (FDDda ikkita 7,5MGs lik polosalar)
chastotalardan foydalanadi. Rossiyada CDMA-2000 tarmoqlari uchun
828–831MGs va 873—876MGs chastota bo‘yicha
ajratilgan polo-
salar juftligi ishlatiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bizning respub-
221
likamizda 450MGs (453MGs–457,4MGs / 463MGs–467,4MGs)
va 800MGs (835,02MGs–844,98MGs) chastota diapazonlarida
CDMA-2000 standarti asosida ikki tarmoq ishlab kelmoqda.