• GERAN UTRAN
  • 14.3.2.1. E-UTRAN — takomillashtirilgan radioulanish tarmog‘i
  • LTE/SAE tizimi arxitekturasining asosiy




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    14.3.2. LTE/SAE tizimi arxitekturasining asosiy
    tashkil etuvchilari
    Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, struktura jihatdan LTE/SAE 
    tizimi arxitekturasini oldingi avlod mobil aloqa tizimlaridagi kabi 
    ikki sathga bo‘lish mumkin: radioulanish tarmog‘i — RAN hamda 
    tayanch tarmog‘i — CN.
    GERAN
    UTRAN
    SGSN
    S3
    MME
    S10 S11
    S1-MME
    UE
    eNB
    LTE-U
    X2
    S1u
    SGi
    S6a
    Xizmat
    ko‘satish
    shlyuzi
    S4
    S5
    PCRF
    S7
    Rx+
    IP xizmatlar 
    operatorlari
    Internet
    PDN
    GW
    HSS
    пo – 3GPP ishochli 
    tarmoq. IP- ruxsat etish
    UE
    S2c
    пo-3GPP/IP-ruxsat 
    etishli ishonchsiz 
    tarmoqlar
    Wn
    S2b
    ePDG
    3GPP/пo-3GPP
    Ishonchli va ishonchsiz
    tarmoqlar. IP-ruxsat etish
    14.3-rasm. LTE/SAE tizimi arxitekturasi.
    LTE/SAE tizimi arxitekturasini soddalashtirish maqsadida ho-
    zirgi kunda uni 14.3-rasmda keltirilgan kabi variantda qabul qi-
    lishgan. Bu rasmda LTE tizimining asosiy tarmoq tugunlari va 
    interfeyslari birgalikda keltirilgan.


    235
    14.3.2.1. E-UTRAN — takomillashtirilgan radioulanish tarmog‘i
    LTE/SAE tizimida “takomillashtirilgan” E-UTRAN tarmog‘i 
    nomini olgan radioulanish tarmog‘i “pastga” yo‘nalishdagi ula-
    nish, ma’lumotlarni kodlash, paketlarni yo‘naltirish va qayta 
    yuborish kabi vazifalarga javob beradi. E-UTRAN tarmog‘i “ta-
    komillashtirilgan B tuguni”, ya’ni eNB nomini olgan yagona tu-
    gun darajasidan tashkil topgan bo‘lib, u abonent uskunalari (AU) 
    bilan LTE-Ub interfeysi yordamida ulanadi. eNB tuguni OTO‘ 
    (ISO/OSI) modelining fizik (RNY), muhitga ulanishni boshqa-
    rish (MAS), radiokanallarni boshqarish (RLC) hamda paketli 
    ma’lumotlarni boshqarish (PDCP) darajalarini qo‘llab-quvvat-
    laydi. eNB tuguni radioresurslarni boshqarish (RRC), ulanishni 
    boshqarish, tarmoqni rejalashtirish, “yuqoriga” yo‘nalishda QoS 
    ning kelishilgan darajasini ta’minlab berish, keng qamrovli status 
    xabarlarni jo‘natish, abonent va boshqaruv sathlarida ma’lumot-
    larni kodlash/dekodlash, shuningdek, abonent sathida “pastga” 
    va “yuqoriga” yo‘nalishlarda paketlar sarlavhalarini kompressi-
    ya/dekompressiya qilish kabi vazifalarni bajaradi.

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish