Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

14.3. LTE tizimi arxitekturasi
Ilgari ta’kidlaganimizdek, E-UTRA radioulanish texnologi-
yasiga tayangan LTE standarti so‘nggi foydalanuvchi uskunasi-
ni imkoniyatlarini sezilarli ravishda yaxshilash, baza uskunalari 
sig‘imini oshirish, javob kechikish vaqtini qisqartirish, shu bilan 
birga to‘liq mobillikni ta’minlagan holda foydalanuvchi iterfeysi-
ni yanada yaxshiroq ko‘rinishga keltirish kabi vazifalarni bajara-
di. IP protokoli barcha turdagi trafiklar bilan ishlash imkoniyati 
mavjudligi sababli ko‘pchilik operatorlar uchun ommabop tanlov 
bo‘lgani hech kimga sir emas. LTE standarti ham xizmatlar sifati 
– QoSni uzluksiz ta’minlagan holda, IP protokoli asosida qurila-
di. Shu sababli, ovoz trafiki asosan “IP orqali ovoz” (VoIP yoki 
VoLTE)ni tashkil etadi, bu esa boshqa multimediya xizmatlari 
bilan yanada o‘zaro moslashishni ta’minlaydi.
UMTS tizimi arxitekturasi asosida qurilgan HSPA texnologi-
yasidan farqli ravishda 3GPP loyihasi LTE tizimi uchun ikki 
sath tarmoqlarini aniqlab berdi. Bu “Takomillashtirilgan paket-
li tayanch tarmog‘i” — EPC (ingl. Evolved Packet Core) nomi-
ni olgan ma’lumot uzatish tayanch tarmog‘i hamda “Takomil-
lashtirilgan UMTS yer usti radioulanish tarmog‘i” — E-UTRAN 
(ingl. Evolved UMTS Terrestrial Radio Access Network) nomini 
olgan yangi radioulanish tarmoqlaridir. Bu tarmoqlarning baja-
radigan vazifalari hamda ularning tuzilishi tarmoq elementlari 
sonini qisqartirishga, ularning funksiyalarini soddalashtirishga, 
puxtaroq rezervlashga yo‘naltirilgan. Eng muhimi, LTE/SAE tar-
mog‘i boshqa simli va simsiz texnologiyalar bilan o‘zaro ishlashni 
hamda “xendover”ni ta’minlab beradi va bu bilan operatorlar va 


231
servis-provayderlarga “uzluksiz mobillik” xizmatlarini bosqich-
ma-bosqich tadbiq qilish imkonini beradi. EPC tayanch tarmog‘i 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch nimtizim – EPS (ingl. 
Evolved Packet Subsystem) deb nom oldi.
LTE/SAE tizimi arxitekturasi bir nechta asosiy prinsiplar aso-
sida quriladi:

Download 8,51 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish