15.2. ESY aloqa tizimlaridagi bort va yerdagi apparatlar Bortli retranslyator kompleks (BRTK)ning tuzilishi uning
vazifasi yoki maydonni qamrash masshtabi (global yoki min-
taqaviy aloqa) bilan KA bortida axborotlarni qayta ishlash usu-
li, retranslyator kanallar soni (qabul qiluvchi, uzatuvchi yoki
qabul qilib-uzatuvchi), axborot almashuv tezligi, shuningdek,
tanlangan texnik yechimlar va foydalaniladigan texnologiyalar
bilan aniqlanadi. BTRK tarkibiga faqat abonent retranslyatorlari
(“iste’mol” turlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan), balki fiderli
yoki yo‘ldoshlararo liniya (xizmat aloqasi) retranslyatorlari ham
kiradi.
Retranslyator o‘zining xizmati va bajaradigan vazifalariga qarab
uchta turga bo‘linadi: shaffov, regenerativ va kombinatsiyalangan.
Shaffof retranslyatorlar (bent pipe) kiruvchi signallarni bortda
ishlov bermasdan qabul qilish va qayta o‘zgartirishni ta’minlaydi.
Shu bilan birga, shaffof deb nomlanuvdi, lekin o‘zining tarkibida
kanallarni kommutatsiyalash uchun bitta yoki bir nechta kanal-
li protsessorlar yoki yuqori chastotali to‘liq kirishli matritsalari
bo‘lgan retranslyatorlar ham mavjud. Shuning uchun retranslya-
torning shaffof va regenerativ turlari o‘rtasiga chegara qo‘yish de-
yarli mumkin emas.
Bortda signallarga ishlov beruvchi (ingl. OVR,On Board Processints) retranslyatorlar sifatidan regenerativ retranslya-
torlarning ishlash tamoyili demodulyatsiyalashga asoslangan,
yani signallarning bir chastotada qabul qilish, ularni demodul-
yatsiyalash va yangidan modulyatsiyalashdir. Bunday retrans-
l yatorni qo‘llash kanallarni tashkil qilishda katta moslashuv-
chanlikni va turli xil protokollardan foydalanib terminallarni
tezkor bog‘lashni ta’minlangan holda bir vaqtning o‘zida ko‘p
sonli terminallarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Kom-
243
binatsiyalangan retranslyatorlarda faqat ayrim signallar (ham-
ma kanallarning ma’lum bir qismi)ga ishlov beriladi, masalan,
berilgan tashuvchi chastotalarga mos keladi.