261
mehmon eNBga uzatilishini qaror qildi. AUda paketlarni tartib-
ga keltirish va ularni yuqoriroq darajalarga
uzati lishida tartibni
saqlash uchun PDCP protokolidagi paketlarning tartib raqamlari
mehmon eNBda ham davom etishi belgilangan. AUga yo‘nal-
tirilgan bufer va kontekst ma’lumotlar eNB tugunlari orasida
bevosita yangi X2 interfeysi orqali S-GW shlyuzining ishtirokisiz
o‘tkaziladi.
Yana bir muhokama etilgan savol — “xendover” vaqtida
AU kontekstini uzatishda sarlavhalarni
mustahkam siqish ja-
rayoni – RoHCni ishlatish bilan bog‘liq bo‘ldi. Ma’lumot
uzatish tezligini oshirish nuqtayi nazaridan RoHC yutuq
beradi, lekin bunda infratuzilma murakkablashadi va tar-
moqning narxi oshadi, chunki LTE tizimlarida bu jarayon
eNB darajasida amalga oshgani
sababli RoHCning yangila-
nish tezligi ko‘proq bo‘ladi va bu UMTS tarmoqlarida RNC
darajasida tugaydigan PDCP protokolida amalga oshadigan
RoHC jarayonidan farqlanadi. Bu masalada yakuniy qaror
qabul qilinishi kerak.
LTE tarmoqlari va 3GPP boshqa tarmoqlari orasidagi “xendo-
ver” uchun SGSN tuguni va S-GW shlyuzi orasidagi abonent sathi-
da interfeys tashkillashtirish qaror qilingan.
Bunday interfeys sifati-
da GPRS tarmoqlarini abonet sathida ishlatiladigan tunellashtirish
protokoli (GTP-U) tanlangan. Garchi “xendover”ning bunday turi
bevosita LTE tarmoqlari ichidagidan ko‘ra kamroq amalga oshsa-
da, 3GPP loyihasi bu turdagi “xendover”da paketlarni yo‘qolishini
kamaytirish usullarini belgilab berdi va qarorni yoki bevosita eNB
dan RNCgacha, yoki S-GW va SGSN
tugunlari vositasida ishlay-
digan bufer yuborish sxemasi foydasiga qabul qildi.
LTE tarmoqlari va boshqa “no-3GPP” tarmoqlar orasidagi
“xendover” uchun turli kommutatsiya protokollari ishlatiladi.
Shunday qilib, S2a interfeysi orqali ham tarmoq muhiti pro-
tokoli — NBM
(ingl. Network Based Mobility) ishlatiladi, ham
xost-mashinalarga bog‘liq protokolning abonent rejimi — HBM
262
(
ingl. Host Based Mobility) ham ishlatiladi. Birinchi guruhga, ma-
salan, PMIPv6 protokoli
(ingl. Proxy Mobile IP version 6) kirsa,
ikkinchisiga MIPv4 FA
(ingl. Mobile IP version 4 Foreign Agent)
protokoli kiradi. S2b interfeysi orqali faqat PMIPv6
protokoli ish-
latiladi, S2c interfeysida ishlash uchun esa afzallik DS-MIPv6
(ingl. Dual-Stack Mobile IP version 6) protokoliga berilgan. 3GPP
va “no-3GPP” tarmoqlar orasidagi “xendover” ning mobillik sx-
emasi AUning “xendover” paytida kirib qoladigan mehmon tar-
mog‘ida AU “xendover”ga kirgunga qadar u uchun ajratilgan re-
surslar bo‘lishi (ya’ni “bashorat qilingan xendover” rejimi amalga
oshishi) ko‘zda tutilmagan. Lekin uzluksiz mobillikni tashkillasht-
irish bo‘yicha mehmon tarmoqlarda resurslar ajratish bo‘yicha
takliflar ko‘rib chiqilgan edi.