255
bosqichma-bosqich o‘tishni ko‘zda
tutishmoqda va mavjud
bo‘lgan 3GPP texnologiyalari — HSPA, UMTS, EDGE va
GPRS kabilar, yana bir qancha vaqt ekspluatatsiyada bo‘lish-
lari kutilmoqda. Bu texnologiyalar orasidagi “xendoverga”
nisbatan 3GPP loyihasi AUning turli texnologiyalar sotalari
orasida “noaktiv LTE” holatida bo‘lib harakatlanishida ichki
tizim signalizatsiyasini kamaytirish usullarini taklif etdi.
Masala
shunda ediki, AU o‘z harakatlanishida boshqa texnologiya so-
tasiga o‘tganida ham o‘zining joriy holatini (statusini) saqlashi
kerak edi. Misol uchun, LTE tarmog‘idagi “noaktiv LTE” ho-
lati UMTS/GPRS tarmog‘idagi “noaktiv PMM”
(ingl. Pac-
ket Mobility Management-idle) holatiga o‘tishi kerak.
Hamda
AUning turli radioulanish texnologiyalari orasida harakatlani-
shi jarayonida TAU jarayoni (LTE tarmoqlarida) yoki UMTS/
GPRS tarmoqlaridagi marshrut zonalarini yangilash – RAU
(ingl. Routing Area Update) jarayoni bajarilmasligi lozim. Bu
talablarning barchasiga mos kelish uchun LTE tizimlarida AU
ham TA zonasiga, ham RA zonasiga bog‘langan bo‘lishligi bel-
gilangan. Shu yo‘sinda AU o‘zining
TA yoki RA zonalariga
mos sotalar qamrovida bo‘lganida (bu sota tomonidan tarmoq-
qa zona identifikatorlari yuborilishi asosida aniqlanadi) TAU
yoki RAU jarayonlarida hojat bo‘lmaydi. AUga yo‘naltirilgan
yangi trafik kelib tushganda, unga (AUga) ikkala texnologiya-
da ham peydjing yuboriladi va uning
javobi qaysi radioulanish
texnologiyasi asosida qaytishiga qarab, trafik ma’lumotlari shu
texnologiyada yuboriladi.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, turli texnologiyalar asosidagi tarmoq-
larda peydjingni bir vaqtning o‘zida yuborish mexanizmi boshqa
ishlab chiqaruvchilar tomonidan standartlashtirilgan radioulanish
texnologiyalarida (3GPP-2 va IEEE kabi) ishlamaydi.
Shuning
uchun AU mobilligini ta’minlash maqsadida uning LTE tarmoq-
lari va 3GPP oilasiga mansub bo‘lmagan texnologiyalar orasida
harakatlanishida tizim radioulanish texnologiyasining o‘zgargani
haqida xabar oladi.
256
“Noaktiv LTE” holatida ISR
(ingl. Idle-mode Signaling Reduc-
tion) nomini olgan signalizatsiya trafigini qisqartirish mexanizmi
AUga bir vaqtning o‘zida ham UTRAN/GERAN tarmoqlari-
ning RA zonasida, ham E-UTRAN tarmog‘ining TA (TAlar gu-
ruhi) zonasida ro‘yxatlangan o‘tishga imkon beradi. Bu AUga
E-UTRAN va UTRAN/GERAN
tarmoqlari sotalarida AU RA
va TA guruhlari ko‘lamida bo‘lgunga qadar TAU yoki RAU jara-
yonlarini amalga oshirmasdan qolishga imkon beradi. Shu yo‘sin-
da ISR mexanizmi AU akkumulyatorlarining zaryadini saqlashda
va mobilligini boshqarishda yordam beradi.