276
motlarni olish, kommutatsion qurilmadan sarf qilingan trafik
to‘g‘risida ma’lumotlarni
olish va ularga ishlov berish, mediat-
siya tizimidan ma’lumotlar olish); iste’molni baholash (iste’mol
haqidagi ma’lumotlarning hisob-kitob ko‘rsatkichlarini aniqlash);
baholarni birlashtirish (agregatsiya)
va abonentlarga ishlatilgan
xiz matlari uchun hisob yozishni tashkil qilish, soliqlar, chegir-
malar va qo‘shimchalarni
hisoblash, xatolarni to‘g‘irlash, to‘lov
uchun hisob varaqalar yaratish, to‘lov
hisob-kitoblarini abonent-
larga yetkazish yoki ma’lum qilishni ta’minlash, abonentlarning
shaxsiy hisob raqamlarini boshqarish va shu kabi boshqa qator
funksiyalar amalga oshiriladi.
Hisob-kitob operatsiyalari bloki
telekommunikatsiya xizmatla-
rining turiga hamda abonentlar bilan o‘zaro munosabatlar mode-
liga qarab turlicha tashkil etilishi mumkin. Xususan, “oldindan
to‘lash”
(ingl. Prepaid) yoki “fakt asosida to‘lash”
(ingl. Postpaid)
modellari ajratiladi.
Oldindan to‘lash (Prepaid) – abonentlar bilan
hisob-kitobni
amalga oshirish modeli bo‘lib, aloqa xizmati operatori abonent
hisob raqamiga oldindan to‘lovni amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Bu kabi tizimlarda hisob-kitob real vaqt
asosida amalga oshirila-
di. Bunda abonentga operator tomonidan o‘rnatilgan eng kam
miqdor mavjud bo‘lib, abonent hisobida
qolgan pul ungacha ka-
maysa, xizmat ko‘rsatish rejimi o‘zgarishi (yoki to‘liq to‘xtatilishi)
mumkin. Abonent hisobidagi mablag‘ miqdori, ijobiy balansning
davomiyligi, tushayotgan to‘lovlarning miqdori va doimiyligi —
operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning sifati,
miqdori
va hisobi uchun tarifikatsiya parametrlari bo‘lib xizmat qiladi.
Oldindan to‘lash modeli “issig‘idagi billing” deb ham ataladi.