• 18­bob. LTE TARMOQLARIDA “BILLING” XIZMATINI TASHKIL ETISH 18.1. Hisob-kitob operatsiyalari
  • OSS/BSS deb nomlanadi (ba’zida, BOSS, BSS/OSS, B/OSS). OSS
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet133/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    Nazorat savollari:
    1. LTE texnologiyasi haqida umumiy ma’lumotlarni kelti-
    ring. LTE tizimlari xarakteristikalariga asosiy talablar qanday 
    bo‘lgan?
    2. LTE standartining asosiy texnik xarakteristikalarini keltiring.
    3. LTE tizimida ma’lumot uzatish tayanch tarmog‘ining yangi 
    arxitekturasi qanday nom oldi? Uning asosiy vazifalari qanday?
    4. LTE/SAE arxitekturasida qaysi bo‘limlar asosiy hisoblanadi? 
    LTE/SAE umumiy arxitekturasining soddalashtirilgan sxemasini 
    chizing.
    5. E-UTRAN tarmog‘ining tuzilmasi va funksiyalarini bayon 
    eting.
    6. MME, S-GW va P-GW tarmoq tugunlarining funksiyalarini 
    bayon eting. 
    7. GSM va WCDMA/HSPA tarmoqlari LTE/SAE tarmoqlari-
    ga qanday ulanadi?


    273
    8. EPS nimtizimining vazifasi qanaqa? S1-flex mexanizmi 
    nimaga xizmat qiladi? Tarmoqni birgalikda ishlatish qanday 
    amalga oshiriladi?
    9. LTE/SAE arxitekturasida boshqaruv va abonent sathlarida 
    protokol steklarini keltiring.
    10. RLC darajasi ma’lumot uzatishning qanday ishonchlilik re-
    jimlarini ta’minlaydi?
    11. LTE tizimida ishonchlilikni ta’minlash uchun qanday pa-
    ketlarni takroriy uzatish mexanizmlaridan foydalaniladi?
    12. “Yuqoriga” va “pastga” yo‘nalishlarda aloqa uchun 2-dara-
    janing tuzilmasini keltiring.
    13. LTE tizimidagi mantiqiy kanallarni va ularning vazifalarini 
    sanab o‘ting?


    274
    18­bob. LTE TARMOQLARIDA “BILLING” XIZMATINI 
    TASHKIL ETISH
    18.1. Hisob-kitob operatsiyalari
    To‘rtinchi avlod keng polosali mobil texnologiyalarning rivoj-
    lanib borishi operatorlar oldida mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish 
    hamda tarmoqni samarali boshqarishni muhim asoslaridan bo‘l-
    mish “billing” xizmatini tashkil etishda qator murakkab vazifalar-
    ni qo‘ymoqda.
    Mobil aloqa tarmoqlarida “billing”ni tashkil etishni ifodalash 
    uchun zamonaviy mobil aloqa tarmoqlarining umumiy boshqaruv 
    tizimida ushbu xizmatning o‘rni va vazifalari to‘g‘risida ayrim tu-
    shunchalarni berib o‘tish lozim topildi. 
    “Billing” xizmatini ekspluatatsiyani qo‘llab-quvvatlash 
    tizimi (ingl. Operations Support Systems, OSS) hamda biznesni 
    qo‘llab-quvvatlash tizimi (ingl. Business Support System, BSS) 
    tarkibida ko‘rish odatga kirgan. Ushbu tizimlar aloqa operatorlari 
    tarmoqlarida boshqaruv hamda biznes jarayonlarini avtomatlash-
    tirish uchun ishlatiladi va ko‘p hollarda birgalikda OSS/BSS deb 
    nomlanadi (ba’zida, BOSS, BSS/OSS, B/OSS).
    OSSning asosiy funksional imkoniyatlariga quyidagilar kiradi: 
    hisob-kitob hamda telekommunikatsiya resurslarini rejalashtirish 
    (misol uchun, raqam sig‘imlarini, trafikni); xizmatlar ko‘rsati-
    lishini boshqarish (angl. Service delivery software)QoS — xizmat 
    ko‘rsatish sifati darajasini hamda uning ko‘rsatkichlarini boshqa-
    rish kabilar kiradi. Shuningdek, OSS ning funksional vazifalari-
    ga quyidagilar ham kiritiladi: telekommunikatsion ma’lumotlar 
    darajasida ehtimol qallobliklarni nazorat qilish (ingl. Fraud con-
    trol software); xizmatlarga bo‘lgan talabni ta’minlash hamda uni 
    bashorat qilish (ingl. Service provisioning software); shuningdek, 
    operatorning dasturiy infratuzilmasini telekommunikatsion muhit 
    bilan o‘zaro bog‘lash — “mediatsiya tizimi” deb (ingl. Mediation 
    software) ataladi.


    275
    BSSning vazifalariga mobil aloqa operatorining biznes-jarayon-
    larini qo‘llab-quvvatlovchi vositalari, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan-
    dek — “billing” (abonentlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga 
    oshirish, hisob varaqalarini yaratish, to‘lovlarga ishlov berish, ta-
    rifikatsiya), CRM (abonentlar haqidagi ma’lumotlarni boshqarish, 
    ular bilan o‘zaro hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xizmatlarni so-
    tish, marketing tahlillarini o‘tkazish) hamda ERP-tizimlari (moli-
    yaviy menejment jarayonlarini ta’minlash, buxgalteriya hisobi, per-
    sonalni, loyihani va asosiy jamg‘armalarni boshqarish) kiradi.
    Shunday qilib, “billing” mobil aloqa tarmog‘ining boshqa-
    ruv tizimida umumiy OSS/BSSlarining muhim tashkil etuvchi-
    si hisoblanadi va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydala-
    nish to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash, ularni tarifikatsiyalash, 
    abonentlar hisoblarini yaratish, to‘lovlarga ishlov berish va shu 
    kabi qator vazifalarga mas’ul qarorlar qabul qiladi va kompleks 
    jarayonlarni amalga oshiradi. Amalda “billing” jarayonlarini 
    qo‘llab-quvvatlash uchun “billing tizimi” deb nomlanuvchi max-
    sus amaliy dasturiy ta’minot qo‘llaniladi. Ta’kidlash joizki, “bil-
    ling tizimlarini” yaratish yuqori daromad keltiradigan biznes deb 
    hisoblanadi.
    Odatda “billing” xizmati uch asosiy bloklarga bo‘linadi: hi-
    sob-kitob operatsiyalari, axborot xizmatlarini ko‘rsatish va iqti-
    sodiy xizmatlar ko‘rsatish.
    Kengroq miqyosda, “billing” xizmati daromadlarni boshqarish 
    xizmati (ingl. Billing and revenue management) bilan birgalikda 
    ko‘rilganda qo‘shimcha quyidagi vazifalargaham mas’ul: daromad 
    olishni kafolatlash (ingl. Revenue assurance), abonent foydaliligini 
    boshqarish (ingl. Profitablity management) hamda tarmoqda qal-
    loblikni nazorat qilish (ingl. Fraud management).

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish