268
FA hamda HA agentlarining o‘zaro hamkorligi AUni ro‘yxatga
olish jarayonida “Agent Advertisement” xizmat xabari yordami-
da amalga oshiriladi. Bundan tashqari autentifikatsiya jarayonida
MAS
manzil asosida ARP (ingl. Address Resolution Protocol) man-
zilni aniqlovchi protokol ishlatilishi ham mumkin. ARP protokoli
terminalni MAS manzilini uning IP manzili bo‘yicha aniqlash
uchun mo‘ljallangan kanal sathi protokoli hisoblanadi.
Abonent uskunasining FA agent bilan o‘zaro hamkorligi “Agent
Solicitation” xizmat xabari yordamida amalga oshiriladi. Ushbu
xabar asosida AU o‘zining joylashgan manzilini aniqlaydi (“uy”
yoki “mehmon” tarmoqda) va FA o‘rnatilishi bo‘yicha istalgan
o‘zgarishlar bo‘yicha axborot oladi. AU “mehmon” tarmog‘idan
o‘z “uy” tarmog‘iga qaytganida, “Registration Request” hamda
“Registration Reply” juftlik xizmat
xabarlari yordamida NA agen-
tidagi o‘zining tashqi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi ma’lumot-
larini bekor qiladi.
AU “mehmon” tarmoqda ro‘yxatdan o‘tgan paytida, CN-kor-
respondent tugunidan abonent uskunasi uchun mo‘ljallangan
ma’lumotlar paketi NA agenti yordamida “mehmon” tarmoqqa
yo‘naltiriladi. Yo‘naltirish yoki avval FA agentiga keyin AUga
yoki “Care-of” manzil turiga bog‘liq holda bevosita to‘g‘ridan
to‘g‘ri AUga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. AUdan CN
— korrespondent tuguniga ma’lumotlar paketini uzatish FA agen-
ti orqali yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshiriladi.
MIPv4 protokoli kamchiligi — uning tarmoq resurslaridan sa-
marasiz foydalanishi edi. Ushbu kamchilikni
bartaraf etish uchun
MIPv6 protokolida funksionali kengaytirilgan IPv6 protokoli tash-
kil qilingan. Tarmoq resurslaridan samarali foydalanish optimal
marshrutizatsiya — RO
(ingl. Route Optimization) mexanizmini
joriy qilish hisobiga amalga oshadi. Optimal marshrutizatsiya ja-
rayonida ma’lumotlar paketi CN korrespondent tugunidan bevo-
sita AUga jo‘natiladi. AUning IP manzili almashgani to‘g‘risida
CN tugunini ogoh qilish uchun maxsus boshqaruvchi xabar ish-
latiladi.
269
MIPv6 ni joriy qilish ketma-ketligi shunday holatga olib kela-
diki, tarmoq qurilmasining bir qismi MIPv4
manzillaridan, bosh-
qasi esa, MIPv6 manzillaridan foydalanadi. Bunday holatda mo-
billikni boshqarish uchun ham MIPv4, ham MIPv6 protokolidan
foydalangan holda tunnel hosil qiluvchi DSMIPv6 – ikkilangan
(dual) protokoli ishlatiladi.
PMIPv6 tarmog‘i negizidagi mobillikni boshqarish protokoli
o‘zining funksionalligi bo‘yicha ko‘proq MIPv6 ga o‘xshaydi. Ush-
bu protokollarning asosiy farqi shundaki PMIPv6 protokoli, asosan,
tarmoq segmentida tashkil etilgan. Ushbu protokolning asosiy yu-
tug‘i AUni mobillikni boshqarish vazifasidan ancha ozod qilgani-
dir, va shuni hisobiga ulanish tarmog‘i
hamda abonent uskunasi-
ning resurslari iqtisod qilinganidir. Bu kabi yutuqlar radioula nish
tarmoqlari uchun nihoyatda dolzarb hisoblanadi. 3GPPning TS
23.402 8 Reliz spetsifikatsiyasiga ko‘ra PMIPv6 LTE tarmoqlarida
nafaqat “no-3GPP” tarmoqlari bilan, balki 3GPP tarmoqlari bilan
ham ulanishda GTP protokoliga mobillikni boshqaruvchi asosiy
protokollardan biri deb hisoblanadi.
Shunday qilib, LTE tarmoqlari boshqa standart tarmoqlari bi-
lan o‘zaro hamkorligi jarayonida turli
xil mobillikni boshqarish
protokollaridan foydalanishi mumkin. Ayni bir protokolni tanlash
AU hamda ulanish tarmog‘iga, aniqrog‘i, ular qo‘llab-quvvat-
laydigan protokollarga bog‘liq. Bunday tanlov mexanizmi IPMS
(ingl. IP-Mobility Management Selection) tarmoq jarayoni ko‘ri-
nishida tashkil etilgan.
IPMS jarayoni faqatgina AU “no-3GPP” ulanish tarmog‘ida
ro‘yxatdan o‘tganida yoki AU “no-3GPP” ulanish tarmog‘iga
“xendover” bajarganida amalga oshadi. AU 3GPP ulanish tar-
mog‘i vositasida EPC tayanch tarmog‘iga ulanganida IPMS ja-
rayoni ishlatilmaydi.
“Rouming”ni qo‘llab-quvvatlovchi bir nechta tayanch inter-
feyslar mavjud. S1 interfeysi eNB — tayanch stansiyaning bosh-
qaruv sathida MME (S1-MME) —
mantiqiy tuguni bilan, abo-
nent sathida esa, S-GW (S1-U) shlyuzi bilan o‘zaro hamkorligini
270
ta’minlaydi. S8 interfeysi “mehmon” tarmog‘idan “uy” tarmog‘i
yo‘nalishida S-GW hamda P-GW shlyuzlarining o‘zaro hamkor-
ligini ta’minlaydi va “uy” tarmog‘ining trafigini marshrutizat-
siyasini amalga oshiradi. S9 interfeysi QoSni boshqarish uchun
“mehmon” tarmog‘idan “uy” tarmog‘i yo‘nalishida ulanish siyo-
sati va tarifikatsiyani boshqaruvchi PCRF — mantiqiy modullar
orasida o‘zaro aloqani ta’minlaydi (17.1-rasm).
HSS
PGW
vPCRF
SGW
E-UTRAN
VPLMN
MME
S1-MME
2G/3G
S9
S8
S4
S3
S1-U
S10
S11
S12
HPLMN
Operatorlar
IP xizmatlari
(IMS, PSS va h.k.)
3GPP
ulanish
tarmoqlari
Rx
Gx
Gxc
SGi
SGSN
hPCRF
S6a