Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

16.2. Aktiv holatdagi mobillik
LTE tizimida AUning “aktiv LTE” holatida uni ikki sota 
orasida harakatlanishida “teskari (yoki bashorat qilingan) xen-
dover” jarayoni amalga oshadi. “xendoverning” bu turida “uy” 
sota AUning status ma’lumotlariga asoslangan holda mehmon 
sotani aniqlab unga AU uchun kanal ajratishini so‘rab xabar be-
radi. Bunday xabarni olgan mehmon sota kerakli kanal resursini 
ajratadi va shundan so‘ng “uy” sota AUga “xendover” jarayonini 
boshlashga buyruq beradi.
LTE tizimida RLC protokolining ta’siri eNB tugunigacha 
bo‘lgani sababli “pastga” yo‘nalishdagi ma’lumotlarni buferizat-
siya qilish (xotirada saqlash) eNBda amalga oshiriladi. Shuning 
uchun LTE tizimlarida eNB tugunlari orasidagi “xendover” vaq-
tida ma’lumotlarni yo‘qolishiga qarshi mexanizmlarning ishla-
tilishi UMTS tizimlaridagiga nisbatan kattaroq ahamiyatga ega 
(chunki UMTSda ma’lumotlarning buferizatsiyasi radiotarmoq-
ning markaziy kontrolleri — RNC da amalga oshadi, ular orasida 
esa “xendover” kamroq amalga oshiriladi). Shu sabab “xendover” 
jarayonida ma’lumotlar yo‘qolishini minimallash maqsadida LTE 
tarmoqlarida ikki mexanizm taklif qilingan: ma’lumotlar buferi-
ni qayta yo‘naltirish (rus. переадресация) va ma’lumotlarni ikki 
marta yuborish (ingl. bi-casting) mexanizmlari.


257
Ma’lumotlar buferini qayta yo‘naltirishda, “xendover” haqida 
qaror qabul qilingandan so‘ng “uy” eNB AU uchun mo‘ljallan-
gan va buferda saqlangan barcha ma’lumotlarni mehmon eNB ga 
X2 interfeysi yordamida jo‘natadi. Agarda eNB tugunlari orasi-
da X2 interfeysi tashkil qilinmagan bo‘lsa, u holda AUga barcha 
ma’lumotlar MME orqali S1 interfeysi yordamida yo‘naltiriladi.
Ikki marta yuborish mexanizmida S-GW shlyuzi ma’lumotlarni 
AUning joylashish tasodifi eng yuqori bo‘lgan eNBlar guruhiga (“uy” 
eNBni ham qo‘shgan holda ikki yoki ko‘proq eNBlarga) yuboradi. 
Aytib o‘tish joizki, ma’lumotlarni ikki marta yuborish mexanizmi ma-
gistral liniyalarning ancha katta o‘tkazuvchanligini talab qiladi, lekin 
ma’lumotlarning yo‘qolishidan to‘liq kafolatlamaydi. Katta muammo 
ma’lumotlarni yuborish vaqtini aniqlashdadir: agar yuborish vaqtdan 
ilgari amalga oshsa, bu magistral liniyalarda yuklanishni oshishiga, agar 
kechiktirilsa — ma’lumotlar paketini yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Shularni hisobga olgan holda, 3GPP loyihasi LTE tarmoqlari 
ichidagi “xendover” jarayonlarida ma’lumotlar buferini qay-
ta yo‘naltirish mexanizmini ishlatishga qaror qildi. Bunda “uy” 
eNB trafikning turiga qarab uni qayta yo‘naltirish bo‘yicha o‘zi 
qaror qabul qilishi mumkin. Misol uchun, agar trafik real vaqt 
masshtabida bo‘lmasa, qayta yo‘naltirishda ma’no bor, aks holda 
– bundan ma’no yo‘q (16.6-rasm).
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
CQI kanali holati
haqida ma’lumotnoma
a)


258
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
AU uchun
kontekst
eNB orasida
X2 interfeysi
orqali signalling
“xandover”ga
tayyorlash
b)
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
AU mezbom eNB 
dan mehmon eNB 
ga o‘tishda UL-pa-
ketlarni buferda 
saqlaydi
eNB orasida
X2 yuboriladi
d)


259
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
MME
“xandover”
tugadi
e)
Mezbon eNB
Mehmon eNB
S-GW
f)


260
Mezbon eNB
Kanal resurslarini
bo‘shatish
Mehmon eNB
S-GW
g)

Download 8,51 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish