Noaktiv holatdagi mobillik




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

16.2. Noaktiv holatdagi mobillik
“Noaktiv LTE” holatida AU quvvatni tejash rejimida bo‘ladi va 
tarmoqqa (MMEga) sotalar aro harakati haqida xabar bermaydi. 
Tarmoq AUning joylashuvini bir yoki bir nechta TA lar aniqligi-
da bo‘ladi. TAU jarayoni AUning eski TA (yoki TA guruhlari) 
zonasiga kirmagan yangi sotani (TAni) zonasiga o‘tishida ishlab 
ketadi (16.4-rasm). 
“Noaktiv LTE” holatida AU faqatgina boshqa TA maydoniga 
kirganda TAU jarayonini amalga oshiradi.
S-GW shlyuziga “pastga” yo‘nalishda paket kelganida AU 
so‘ngi marta ro‘yxatga olingan TA maydonidagi barcha eNBlarga 
MMB moduli xabar — “peydjing” jo‘natadi.
Yana muhim joyi shuki, TAU jarayoni doimiy davriy ravishda 
AUda o‘rnatilgan vaqt intervali asosida bajarilib turadi.
Ayni bir AU uchun chaqiruv kelganda, ushbu AU oxirgi mar-
ta ro‘yxatdan o‘tgan TA zonasidagi barcha saytlarga aktivatsiya 


253
peyd jingi yuboriladi. AUning bir necha TA lar orasida harakat 
qilganida qayta-qayta TAU jarayonini bajaravermaslik uchun, 
LTE tizimida AUning bir vaqtning o‘zida bir nechta TA zonalari-
da ro‘yxatdan o‘tishi ko‘zda tutilgan.
16.4-rasm. “Noaktiv LTE” holatida TAU jarayoni va “pastga” 
yo‘nalishda trafikni o‘tkazish jarayoni.
3GPP doirasida shu masala bilan bog‘liq LTE tizimlarida 
“afzal kuzatuv zonasi” mexanizmini ishlatish bo‘yicha qizg‘in 
munozaralar olib borilgan. Ilgarigi texnologiyalarda (misol uchun 
GSMda), odatda, turg‘un kuzatuv zonalari ishlatilgan. Lekin, ho-
zirgi kunda TAU trafigini sotalar orasida bir tekis taqsimlaydigan 
va har bir AUning “mobillik” xususiyatlarini hisobga olgan holda 
TAU jarayoniga sarflanadigan umumiy yuklatishni kamaytirish 
hisobiga (ya’ni, “ping-pong” effektidan xalos qiladigan) yanada 
mukamallashtirilgan uslublar mavjud.
Xususan, 3GPP loyihasida standartga qo‘shish uchun bir 
necha quyidagi nomzod mexanizmlar taklif qilingan edi: bir-biri-
ni qoplov chi TAlar, ko‘p sonli TAlar va masofa asosidagi TA-
lar sxemalari. Natijada, 3GPP doirasidagi mulohazalarga asosla-
nib ko‘p sonli TAlar sxemasi qabul qilindi va u ortiqchalik (rus. 


254
дублирование) ga yo‘l qo‘ymaydi deb hisoblandi. Bunday sxema-
da AU bir emas bir nechta TAlar yig‘indisi (ingl. TA set)da ro‘y-
xatdan o‘tgan bo‘lishi mumkin (16.5-rasm).
Shunday qilib, bu sxemada AU o‘z harakatida ro‘yxatdan o‘tgan 
TAlar guruhi zonasida bo‘lganida TAU jarayoni bajarilmaydi. AU 
o‘z TA lar guruhi chegarasidan chiqishi bilan TAU jarayoni boshla-
nadi. Natijada ushbu AU uchun qayd qilingan TAlar guruhi yangi-
lanadi yoki uni tarkibi o‘zgaradi. TAlar guruhining shakllanishi har 
bir AU uchun “personallashtirilgan” asosda amalga oshiriladi va 
bunday moslashuvchanlik TAU jarayonlari hisobiga umumiy tar-
moq yuklanishini ancha kamaytirishiga imkon beradi.
AU2 TA2 TA4 TA3 da 
ro‘yxatga olingan
AU1 TAU protsedurasini eNB1 orqali 
amalga oshiradi
AU1, TA1, 
TA3, TA2 da 
ro‘yxatga olingan
AU2 TAU protsedurasini 
eNB2 orqali amalga 
oshiradi
AU1 TAU protsedurasini 
eNB3 orqali amalga oshiradi
X-TAU protsedurasini amalga oshiradi
AU3 TA5 da 
ro‘yxatga olingan

Download 8,51 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish