• 16-bob. EMM DARAJASIDA AU NING MOBILLIK HOLATLARI 16.1. EMM darajasida AUning mobillik holatlari. Noaktiv holatdagi mobillik
  • “Ulanmagan LTE”
  • “Noaktiv LTE”
  • Raqamli mobil aloqa




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet123/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    Nazorat savollari:
    1. Nurlarni shakllantirilishi usulini (beamforming) bayon eting. 
    Nurlarni shakllantirilishi usulini qo‘llanilishining qanday ijobiy 
    tomonlari mavjud?


    248
    2. Nurlarni shakllantirilish usuli tayanch stansiyalar sonini qan-
    day qisqartirish beradi?
    3 Nurlarni shakllantirilishi usulidan foydalanish hisobiga tar-
    moqning o‘tkazish qobiliyatini qanchalik oshirilishiga erishiladi?
    4. Nurlarni shakllantirilishi usulidan foydalanish hisobiga qan-
    day chastotadan takroran foydalanish koeffitsientiga erishish 
    mumkin?
    5. WiMAX tarmoqlarida MIMO texnologiyalardan foydala-
    nishning qanday asosiy afzalliklari mavjud?
    6. Nurlarni shakllantirilishi usuli va MIMO texnologiyalarni 
    birlashtirishda qanday murakkabliklar mavjud?
    7. Nurlarni shakllantirilishi usuli va MIMO texnologiyalarni 
    birlashtirishda qanday yutuqqa erishiladi?
    8. WiMAX tizimlari uchun radiochastotalarni taqsimlashda 
    qan day butundunyo an’analari mavjud?
    9. WiMAX tarmoqlari uchun spektrni taqsimlash qanday mu-
    ammolarga bog‘liq?


    249
    16-bob. EMM DARAJASIDA AU NING
    MOBILLIK HOLATLARI
    16.1. EMM darajasida AUning mobillik holatlari. 
    Noaktiv holatdagi mobillik
    AUlarining mobilligik boshqaruvi “uy” va mehmon sotalarda 
    ishlatiladigan radiotexnologiyalarga, AUni mobil holatiga va ax-
    borot jo‘natiladigan OTO‘ darajasiga asoslangan holda klassifikat-
    siya qilinadi.
    LTE tarmoqlarida soddalashtirilgan ko‘rinishda AU, mobillik 
    nuqtayi nazaridan, 16.1-rasmda ko‘rsatilganidek, uch holatdan 
    birida bo‘lishi mumkin: “Ulanmagan LTE” (ingl. LTE Detached)
    “Noaktiv LTE” (ingl. LTE Idle), va “Aktiv LTE” (ingl. LTE Ac-
    tive) holatlari.
    Bunda “Ulanmagan LTE”, odatda, o‘tkinchi holat bo‘lib, u 
    AUni endi yoqilib tarmoqni qidirish va unga ulanish jarayonida 
    bo‘lishiga to‘g‘ri keladi. “Aktiv LTE” holatida AU tarmoqqa ulan-
    gan va RRC darajasida eNB tugunida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi. 
    Bu holatda AU qaysi sotaga bog‘langani ma’lum bo‘lib, u bilan 
    ma’lumot ayirboshlash mumkin bo‘ladi. “Noaktiv LTE” AU quv-
    vatini tejash holatiga mos bo‘lib, bu holatda AU ma’lumot pa-
    ketlarini uzatmaydi ham, qabul ham qilmaydi. Bu holatda AUga 
    tegishli kontekstlar eNB tugunida saqlab qolinmaydi, chunki AU 
    ning territorial joylashuvi faqatgina MME moduliga ma’lum, u 
    ham bo‘lsa bir necha eNB tugunidan iborat bo‘lgan “kuzatuv zo-
    nasida” – TA (ingl. Tracking Area). MME moduliga AUni oxirgi 
    marta ulangan TA zonasi ma’lum bo‘ladi va AUning joylashuvini 
    aniqlash uchun qisqa xabar – peydjing yuboriladi.
    Batafsilroq ravishda AUning mobillik holatini MME modulida 
    saqlanuvchi axborotga qarab ikki darajaga ajratish mumkin:

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish