263
17bob. LTE TARMOQLARIDA “ROUMING”
XIZMATINI TASHKIL ETISH
17.1. “Rouming” xizmatlariga ta’rif
Vikipediyada “Rouming”
(ingl. Roaming, Roam – aylanib
yurmoq, shahar kezmoq, ko‘chib yurmoq) – bu xizmat ko‘rsatish
doirasidan tashqarida “uy” tarmoqlariga “mehmon” tarmog‘i re-
surslaridan foydalangan holda abonentlarga mobil aloqa xizmat-
larini ko‘rsatish” deb ta’rif berilgan.
Texnik nuqtayi nazardan, “rouming” deb mobil abonent bosh-
qa kommutatorga ro‘yxatga olingan tayanch stansiya xizmat
doirasiga o‘tishi (hatto bir tarmoq ichida bo‘lsa ham) hisobla-
nadi (masalan, Wi-Fi tarmoqlarida shunday tushiniladi). Lekin,
ko‘pincha, “rouming” deganda boshqa operator tarmog‘iga o‘tish
tushuniladi. “Rouming” xizmatini ko‘rsatish operatorlar o‘rta-
sida oldindan o‘zaro imzolangan
shartnomaga asosan amalga
oshi riladi. Bunda abonent bilan qabul qiluvchi operator o‘rtasida
shartnoma tuzilishi talab etilmaydi va ko‘rsatilgan xizmat uchun
abonentning mahalliy operator tarmog‘idagi hisobidan mablag‘
olinadi. “Rouming” jarayonida, qoidaga asosan, abonentning
telefon raqami saqlanib qoladi.
GSM operatorlarining xalqaro assotsiatsiyasining
(ingl. GSMA)
saytida abonent “uy” tarmog‘i geografik qamrov hududidan tash-
qarida “mehmon” mobil aloqa tarmog‘idan
foydalangan holda
avtomat tarzda qanday “rouming” amalga oshirilishi va ovoz
qo‘ng‘iroqlarini qanday qabul qilishi, ma’lumotlarni uzatish va
qabul qilish yoki boshqa xizmatlarga qanday ulanishi haqida ba-
tafsil yoritilgan.
Shunday qilib, mobil aloqa tarmog‘ida “rouming” abonent
qurilmasining mobilligini ta’minlash hamda qo‘shimcha tarzda,
uzluksiz mobillikni (“xendover”) ta’minlash imkonini beradi.
“Rouming” xizmatining bir necha xillari (avtomatik yoki
“qo‘lbola”) hamda turlari (tarmoq ichidagi,
tarmoqlararo, xalqa-
ro va standartlararo) mavjud.
264
“Qo‘lbola rouming” sotali aloqa tarmoqlarining oldingi av-
lodlarida, shuningdek, peyjing tarmoqlarida qo‘llanilgan. “Meh-
mon” tarmoqlarda vaqtinchalik xizmat ko‘rsatish uchun oldindan
“rouming”ga abonentdan ariza bilan murojaat qilish talab etilgan,
hamda uni kerak bo‘lgan muddatga “qo‘lbola” ravishda ro‘yxatga
olinib, amalga oshirilgan.
“Avtomatik rouming”da abonentga “mehmon” tarmoqda xiz-
mat ko‘rsatilishi yuzasidan ariza bilan murojaat qilish talab etil-
maydi, ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan barcha
jarayonlar
avtomatik tarzda amalga oshiriladi, hatto abonentga ushbu jara-
yonlar sezilmaydi ham. “Rouming”ni bunday xili bugungi kunda
asosiy hisoblanadi.
“Tarmoq ichidagi rouming” (shuningdek, hududiy (regional)
“rouming”) abonentga bir operator tarmog‘ining qamrov hududi
doirasida bir hududdan boshqasiga o‘tib yurish imkonini beradi
(operator turli hududlar uchun turli tariflarni taklif qilgan hollar-
da). “Rouming”ni bunday turi bugungi
kunda faqat keng hudud-
ga ega mamlakatlarda ishlatilmoqda (AQSH, Rossiya, Xitoy va
boshqalar).
“Tarmoqlararo rouming” (shuningdek, milliy “rouming”) bir
mamlakat ichida boshqa mobil aloqa operatori tarmog‘i xizma-
tidan foydalanish imkonini beradi.
Odatda bunday “rouming”, qachonki yangi kompaniya mobil alo-
qa xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya olib, hali o‘zining keng
qamrovli tarmog‘iga ega bo‘lmagan davrida boshqa operatorlar bilan
“rouming” bo‘yicha o‘zaro shartnoma asosida amalga oshiriladi.
“Xalqaro rouming” chet el mobil aloqa tarmoqlari xizmatla-
ridan foydalanish imkonini beradi. “Rouming”ni bu turi GSM
standartida juda rivoj topgan bo‘lib, undan 80
foiz xalqaro mo-
bil aloqa operatorlari foydalanadi. Abonentning mobil telefoni
boshqa mamlakatda ishlay olishi uchun, u yoki xalqaro tarmoq
bilan bir chastotada ishlashi kerak, yoki ushbu mamlakatda ishla-
tiladigan barcha chastotalarda ishlashni qo‘llab-quvvatlashi kerak
(shuningdek, ko‘p diapazonli bo‘lishi kerak).
265
“Standartlararo rouming” turli
standartlarda ishlovchi tar-
moqlar orasida bemalol ko‘chib yurish imkonini beradi. Mobil
aloqa texnologiyalari turli qit’alarda bir-biriga bog‘liq bo‘lma-
gan holda rivojlanganligi sababli, bu kabi “rouming”ni amalga
oshirishda ancha qiyinchiliklar mavjud. Shunday bo‘lsada mobil
abonent, hatto o‘zi ishlayotgan standartida tarmoq bo‘lmagan
mamlakatlarda ham, boshqa standart tarmog‘idan foydalana
olishi mumkin. Misol uchun, GSM abonenti CDMA tarmog‘i
xizmatlaridan yoki sun’iy yo‘ldosh aloqasi (masalan, Thuraya)
xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Buning uchun unga turli
standartlarda ishlay oladigan (ko‘p-rejimli) apparat kerak bo‘ladi
yoki u mahalliy standartda ishlaydigan telefonga o‘z SIM-karta-
sini o‘rnatib ishlaydi.