271
Operatorlar
IP xizmatlari
(IMS, PSS va h.k)
3GPP AAA
Server
3GPP AAA
Proxy
SWm
SWa
STa
Wn*
Ishonchsiz
no-3GPP
IP-ulanish
tarmoqlari
hPCRF
HSS
PGW
HPLMN
S6a
3GPP
ulanish
tarmoqlari
Ishonchli
3GPP ulanish IP-
ulanish tarmoqlari
“no-3GPP”
tarmoqlari
vPCRF
VPLMN
S2a-PMIP
ePDG
Gxb
Gxa
Gxc
S8
S2b
S9
S6b
SGi
Gx
Rx
SWx
SGW
17.2-rasm. “Rouming” jarayonida LTE tarmoqlarining
“no-3GPP” tarmoqlari bilan PMIPv6 protokoli asosida
o‘zaro hamkorligi.
Bugungi kunda mavjud LTE tarmoqlarida “rouming” xiz-
matidan hali yetarlicha faol foydalanilmayapdi. Buning asosiy
sabablari — turli mamlakatlarda
turlicha chastota diapazon-
laridan foydalanilayotganligi hamda ko‘p rejimli va ko‘p chas-
totali abonent qurilmalarining yetishmasligidir. Lekin, shunga
qaramasdan, LTE tarmoqlari orasida “rouming”ni ta’minlash
bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun,
Ericsson hamda
Qualcomm kompaniyalari SRVCC (ingl.
Standardized Single Radio Voice Call Continuity) xizmati yor-
damida abonentning LTE tarmog‘idan WCDMA yoki GSM
272
tarmoqlari xizmat hududiga o‘tishda uzluksiz “rouming”ni
amalga oshirish imkoniyatini namoyish etishdi. Ushbu tex-
nologiyaning
afzalligi shundaki, u nafaqat ma’lumot uzatishni,
balki, ovoz trafigini uzatishni,
SMS hamda multimedia xiz-
matlarini ham ta’minlaydi.
LTE tarmoqlarida “rouming”ni joriy qilish bo‘yicha ish-
lar O‘zbekistonda ham jadal ravishda olib borildi. Masalan,
2010-yilda MTS kompaniyasi (Rossiya) “MTS O‘zbekiston”
hamda “VivaSell-MTS” (Armaniston) kompaniyalari orasi-
da 2,6GGs diapazonida xalqaro “rouming”ni tashkil qildi.
Sinov jarayonida Samsung GT B3710 hamda Huawei E398
rusumli modemlardan foydalanildi. “Rouming” xizmatlarini
sinovdan o‘tkazish muvaffaqiyatli amalga oshdi hamda o‘za-
ro “LTE-rouming”ni qo‘llab-quvvatlash uchun zaruriy jara-
yonlarni tashkil etish maqsadida kompaniyalar o‘zaro ham-
korlikni boshlashdi.