|
-bob. ADAPTIV VA KO‘P ELEMENTLI Pdf ko'rish
|
bet | 140/283 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 8,51 Mb. | | #102907 |
Bog'liq Raqamli mobil aloqa19-bob. ADAPTIV VA KO‘P ELEMENTLI
ANTENNA TIZIMLARI
19.1. MIMO texnologiyasining tavsifi
Simsiz texnologiyalarni jadal ravishda rivojlanishi sababli tar-
moqlarning yuqoriroq sig‘imi va funksionalligiga bo‘lgan talablar
yanada dolzarblashmoqda. Simsiz tarmoqlarning spektral samara-
dorligini oshirish muammosi yanada muhimlashmoqda. Hozirgi
kunda aloqa industriyasi o‘tkazish polosasini kengaytirish, mo-
dulyatsiya mexanizmlarini takomillashtirish va kodli multipleks-
lash hisobiga spektral samaradorlikni oshiruvchi ma’lum usullar
imkoniyatlarini deyarli to‘liq ishlatib bo‘ldi. Bunday sharoitda
MIMO va yo‘naltirish diagrammalarni adaptiv shakllantirish kabi
antenna texnologiyalari simsiz tizimlarni yanada takomilashtirish-
da yangi omillar deb hisoblanmoqda.
19.2. MIMO texnologiyasining tavsifi
MIMO (ingl. Multiple Input Multiple Output – ko‘p sonli qabul
qilish – ko‘p sonli uzatish) – yangi ma’lumot uzatish texnologi-
yasi bo‘lib, unga ko‘ra dastlabki ma’lumotlar oqimi demulti-
pleksorda alohida uzatish traktlari bo‘yicha ishlov berish va
uzatish uchun N sonli oqimlarga ajratiladi. Qabul qilish to-
monida esa M sonli qabul traktlari bo‘lib, ularda ma’lumotlar
multipleksordan o‘tadi va qabul qilishdagi xatoliklarning soni-
ni kamaytiruvchi maxsus algoritmlar bo‘yicha yana qaytib bir
oqimga yig‘iladi. Bu xatoliklar uzatish kanalidagi buzilishlar va
signallarning fazoviy korrelyasiyasi natijasida vujudga kelishi
mumkin (19.1-rasmga qarang).
Shunday qilib, MIMO texnologiyasi bitta radiokanalda bir
nechta uzatuvchi va qabul qiluvchi traktlarni ishlatadi. Amalda
MIMOni ishlash tartibida ikki xil rejim ajratiladi: Fazoviy ajratish
(FA) va Fazoviy multiplekslash (FM) rejimlari.
|
| |