Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

18.2-rasm. LTE tarmog‘ida RSS funksiyasining 1-faza bosqichi-
dagi ishlash sxemasi.
Ushbu bosqichda “billing” va QoSni boshqarish jarayonida 
ishtirok etuvchi kontent va ilovalar serverlari keng tatbiq etiladi, 
va bu, o‘z navbatida, tarifikatsiya va siyosatni boshqarish funk-
siyasida yuklama yanada oshishiga olib keladi. Va bu masalalar 
ope 
ratorlar tomonidan o‘zlarining LTE tarmoqlarini, xususan 
RSS funksiyasini, rejalashtirishda 1-fazadan boshlab alohida e’ti-
borda bo‘lishi juda muhimdir.
Yagona IP-platformaga o‘tish tarmoqning moslashuvchan ish-
lashi, kam xarajatliligi va xizmatlarning ommabopligi (universal-
ligi) kabi qator afzalliklarni kiritish bilan bir vaqtda, tarifikatsiya 
va siyosatni boshqarish, aloqa xavfsizligini ta’minlash va yangi 
ilovalarni qo‘llab-quvvatlashda qator qo‘shimcha vazifalarni ham 


283
yaratadi. O‘zgarishlar boshqaruv signallar (signaling) sathida ham 
amalga oshadi, xususan: SIP-protokoliga qo‘shimcha LTE tar-
mog‘ida 2G, 3G va keng polosali simsiz tizimlarda foydalanila-
digan SS7, RADIUS hamda CAMEL protokollarining o‘rniga, 
boshqaruv signallarini ham tarmoq ichida, ham tarmoqlararo al-
mashuvini ta’minlay oladigan yangi Diameter protokoli ishlatila-
di. Keng ma’noda, tarifikatsiya va abonentlarga xizmat ko‘rsatish 
siyosatini boshqarish funksiyasi autentifikatsiya, mobillikni 
boshqarish, QoS xizmatlar sifatini ta’minlash, “billing” hamda 
“rouming” kabi funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Demak, yagona 
IP-platforma Diameter protokolida signal muhitining boshqaruvi, 
xavfsizligi va konfiguratsiyasi qanday tashkil qilinganini aniqlab 
beradi. Diameter protokoli asosida yangi ulanish texnologiyalari 
yaratilganda autentifikatsiya, avtorizatsiya va turli servislarni hi-
sobga olish (AAA) xizmatlarini taqdim etish uchun keyinchalik 
kengaytirish imkoniyatiga ega tayanch protokol yaratish konsep-
siyasi yotadi. Xususan, Diameter protokoli quyidagi xarakteristi-
kalarga ega:
Off-layn billing 
tizimi
Onlayn billing 
tizimi
Ilovalar va
kontent
serverlari
3GPP siyosatini va 
tarifikatsiyani
boshqarish
IMS sessiyalarini
boshqarish
Ovoz va
ma’lumot uzatish 
bo‘yicha LTE 
radiointerfeysi 
Radio
ulanish
tarmog‘i
Ovoz va xabarlar
Ma’lumot
EPS
Billing mediatsiyasi
18.3-rasm. LTE tarmog‘ida RSS funksiyasining 3-faza 
bosqichidagi ishlash sxemasi.


284

Download 8,51 Mb.
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish