279
• operator tomonida trafik mazmunini filtrlash, shuningdek,
foydalanilayotgan xizmatlarga vaqt bo‘yicha
hamda davomiylik
bo‘yicha cheklovlar o‘rnatish (ushbu masalaning dolzarbligi shun-
daki, bugungi kunda Internet foydalanuvchilarining aksariyat qis-
mini yosh bolalar tashkil etmoqda);
• aloqa xavfsizligiga tahdid qiluvchi, xalaqit beruvchi saytlar
hamda dasturlardan himoyalanishi.
O‘z navbatida, LTE tarmoq arxitekturasi
doirasida ushbu vazi-
falar ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tarifikatsiyasini hamda abo-
nentlarga xizmat ko‘rsatish siyosatini (qoidalarini) boshqarish
funksiyasiga taalluqlidir (qisqacha “tarifikatsiya va siyosatni bosh-
qarish” funksiyasi).
18.4. LTE tarmog‘ida tarifikatsiya va siyosatni boshqarish
Tarifikatsiya va siyosatni boshqarish –
PCC (ingl. Policy and
Charging Control) funksiyasi LTE tarmog‘ida (3GPP 8-relizi),
18.1-rasmda ko‘rsatilganidek, ilova serverlari yordamida xizmat-
lar sifati — QoSni, tarifikatsiyani va siyosatni dinamik tarzda
boshqaruvini ta’minlaydigan, amalda ishlatilgan platforma
asosida
quriladi.
Rasmda ko‘ringanidek, RSS funksiyasi taqsimlangan arxitek-
turaga ega va spetsifikatsiyalangan o‘ziga xos vazifalarni ba-
jaruvchi quyidagi bir nechta funksional elementlardan tashkil
topgan:
• PCRF
(ingl. Policy and Charging Rules Function) –
siyosatni
va tarifikatsiya qoidalarini boshqarish hamda ma’lumot oqimlari
asosida qarorlar qabul qilish vazifasi;
• PCEF
(ingl. Policy and Charging Enforcement Function) –
SGW xizmat ko‘rsatish shlyuzida tashkil etilgan tarifikatsiya ham-
da siyosatni qo‘llash vazifasi va PCRF
boshqaruvi ostida mustaqil
IP oqimlar uchun shlyuzlash hamda QoS ni boshqarish funksi-
yalarini bajaradi. PCEF vazifasi, shuningdek, tarifikatsiya maqsa-
dida trafikni
baholashda ham qatnashadi;
280
• OCS
(ingl. Online Charging System) – foydalanuvchilarga
PCEF vositasida, ulanish vaqti, uzatilgan/qabul qilingan
trafik
hajmi yoki boshqa turdagi pullik xizmat ko‘rinishidagi xizmatlarni
ko‘rsatishga mas’ul bo‘lgan “onlayn” (real vaqt asosida) tarifikat-
siya vazifasi;
• OFCS
(ingl. Off-line Charging System) – “off-layn” (noreal
vaqt asosida) tarifikatsiya vazifasi, RCEF
dan abonent xizmatdan
foydalanganligi to‘g‘risida ma’lumot oladi va foydalanilgan xiz-
matlarning tarifikatsiyasi bo‘yicha keyinchalik “billing” tizimida
foydalanish uchun CDR
(ingl. Charging Data Records) yozuvlarini
yaratadi.