281
LTE tizimlarida “billing” xizmati tashkil etilishini ko‘rib chi-
qishda LTE tarmoqlarini joriy etish bosqichma-bosqich (quyida-
gi fazalar asosida) amalga oshirilishi rejalashtirilganligiga alohida
e’tibor
qaratish lozim, xususan:
• 1-faza: faqat ma’lumotlar uzatish tashkil qilingan LTE tarmog‘i;
• 2-faza: ma’lumotlar uzatishga qo‘shimcha ravishda IP
bo‘yicha ovoz uzatish tashkil qilingan LTE tarmog‘i (VoIP yoki
VoLTE);
• 3-faza: to‘liq IP-arxitektura asosida qurilgan va IMS muhi-
tida ishlaydigan LTE tarmog‘i.
Tarifikatsiya va siyosatni boshqarish
funksiyasining ishi ham
shunga mos ravishda fazadan-fazaga rivojlanib borishi lozim. Ma-
salan, RSS funksiyasining 1-faza uchun vazifalari quyidagilardan
iborat:
• PCCning barcha funksiyalari trafikning mazmuni hamda
haj mi ilgarigiga nisbatan sezilarli darajada o‘sishini
hisobga olgan
holda takomillashtirilgan bo‘lishi lozim;
• Mediatsiya tizimi hamda “onlayn” tarifikatsiya vazifalari
(4G) paketli kommutatsiya tarmoqlari bilan (2G va 3G) kanalli
kommutatsiya tarmoqlarining birgalikda ishlashini qo‘llab-quv-
vatlashi lozim;
• Mavjud mediatsiya tizimi EPC-yangi tayanch tarmog‘i ele-
mentlarini qo‘llab-quvvatlashi
uchun kengaytirilishi lozim;
• Foydalanayotgan xizmatlarga bog‘liq holda abonentlar istal-
gan to‘lov modellarini tanlay olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari
lozim (prepaid, postpaid yoki aralash (gibrid) modellar).
Ushbu vazifalar LTE tarmog‘ini boshlang‘ich evolyutsion joriy
qilishda hamda uni daromad keltirishi
uchun juda muhim hi-
soblanadi (18.2-rasm).
2-faza bosqichida kanalli kommutatsiya tarmoqlari bilan o‘za-
ro trafik almashuvi keskin qisqaradi, ammo paketli kommutatsi-
ya hajmi ortadi va RSS funksiyasiga ham o‘zgartirish kiritiladi.
VoLTE xizmatlariga o‘tish trafik turiga bog‘liq
holda QoSni dina-
mik boshqarishni to‘liq kiritishni talab etadi.
282
3-faza bosqichida radioulanish sathidagi kabi kommutatsiya
sathida ham to‘liq IP-protokolga o‘tish amalga oshiriladi (18.3-
rasm).
Online billing tizimi
Real
vaqtda baholash
Off-leyn tizimi billing
IT siyosatini va
tarifikatsiyasini
boshqarish
Ma’lumot
uzatish
siyosatini va tarifikatsi-
yasini boshqarish +Faol
mediatsiya
Billing mediatsiyasi
SS7 sessiyalarini
boshqarish
2G/3G
ovoz
2G/3G
radio-ulanish
tarmoqlari
LTE
modemli
netbuk
LTE
radio-
ulanish
tarmoqlari
Ovoz va xabarlar
Ma’lumot
EPC