• 19.4.2. Fazoviy-vaqtli kodlash
  • Fazoviy multiplekslash rejimi




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet145/283
    Sana21.11.2023
    Hajmi8,51 Mb.
    #102907
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   283
    Bog'liq
    Raqamli mobil aloqa

    19.4.1. Fazoviy multiplekslash rejimi
    Bitta antennadan ortiq antennalar bo‘yicha bir necha ma’lumot-
    lar oqimini uzatish fazoviy multiplekslash deyiladi. Fazoviy mul-
    tiplekslash ikki turga bo‘linadi. Ularning birinchi turi deb AQSH 
    ning Bell korporatsiyasi laboratoriyasi ishlab chiqqan, V-BLAST 
    (ingl. Vertical Bell Labaratories Layered Space-Time) nomiga ega, 
    vertikal fazoviy-vaqtli ajratish hisoblanadi. V-BLAST multipleks-
    lash ishlatilganda kodlanmagan fazoviy ma’lumotlar oqimi qabul 
    qilgichdagi signalni muvozanatlashtirish (ekvalayzing qilish) zaru-
    ratini hech qanday hisobga olmagan holda uzatiladi (19.4-rasm).
    F
    a
    z
    o
    Vaqt
    19.4-rasm. V-BLAST asosidagi fazoviy multiplekslash.


    293
    Ikkinchi tur multiplekslashda fazoviy-vaqtli kodlash — STC 
    dan foydalaniladi. V-BLAST turidan farqli ravishda STCli multi-
    plekslashda ma’lumotlarning ortogonal (ya’ni o‘zaro xalaqitlarsiz) 
    oqimlari uzatiladi. 
    Ma’lumki, V-BLAST usuli bilan uzatishda oqimlarni bir-biri-
    dan ajratishda oqimlararo interferensiya (ingl. Multi-Stream In-
    terferences, MSI) vujudga kelishini oldini olib bo‘lmaydi. Bu, o‘z 
    navbatida, uzatishni nobarqaror qiladi va hatto xatoliklarni to‘g‘ri-
    dan to‘g‘ri tuzatish usuli ishlatilsa ham bu muammo har doim ham 
    yechilavermaydi. Signalni STC bilan dekodlash usuli esa, oddiy 
    chiziq bog‘liqli o‘zgartirishga asoslangan bo‘lib, yaxshi natijalarni 
    beradi. Shunday qilib, fazoviy multiplekslashning afzalligi bu kanal 
    sig‘imining foydalanilgan antennalar soni bilan chiziqli bog‘liqligi 
    tufayli aloqa kanali sig‘imini oshirish imkoniyatidadir.
    19.4.2. Fazoviy-vaqtli kodlash
    Fazoviy-vaqtli kodlash tizimning funksionalligini oshirish va 
    MIMOni fazoviy ajratish va fazoviy multiplekslash rejimlarini ish-
    latish imkoniyatlarini beradi. Bunda signalning nusxalari nafaqat 
    ko‘p sonli antennalar bo‘yicha, balki turli vaqtlarda ham uzatila-
    di. Kechiktirishli bunday uzatishni vaqt bo‘yicha ajratish deyiladi. 
    STC-kodlari 19.5-rasmda ko‘rsatilganidek, o‘z ichiga signalning 
    fazoviy va vaqtli nusxalarini oladi.
    19.5-rasm. Ikki uzatuvchi antennalar uchun Alamouti 
    fazoviy-vaqtli blokli kodlari.


    294
    Bu yerda ketma-ket signallar (S

    Download 8,51 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   283




    Download 8,51 Mb.
    Pdf ko'rish