295
Panjarali adaptiv antennalar tizimlariga signalning kelish yo‘na-
lishi – DoA
(ingl. Direction of Arrival)ni aniqlash va mos ra-
vishda o‘z YDni sozlash imkoniyati bilan farqlanadigan “aqlli”
(intellektual) antennalar ham kiradi. Yo‘naltirilgan antennalar,
shuningdek, umumiy nurlantiriladigan
quvvatni ham sezilarli
kamaytirishga imkon berib, kanallararo interferensiyani kamay-
tiradi. Abonent uskunalari bilan teskari aloqa bor-yo‘qligidan
qat’i nazar “aqlli” antennalar mustaqil ravishda AUga yo‘nalti-
rilgan nurlarni shakllantirishi mumkin. Ammo, qo‘shimcha, AU
bilan teskari aloqa bo‘lsa, murakkab antenna panjaralarini sod-
dalashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Aksincha, MIMO tizimlari,
odatda, AU bilan teskari aloqa mavjudligini talab qiladi.
“Nurlarni shakllantirilish” — bu antenna panjarasining nursi-
mon YD ni yaratish uchun foydalaniladigan usuldir. U barcha an-
tenna panjaralari tizimlarida qo‘llanilishi mumkin.
Buni hisobga
olganda “aqlli” antenna tizimlari ikki guruhga bo‘linishi mumkin
(19.6-rasm):
• Oldindan aniqlangan turg‘un (rus. фиксированный) YDlar-
ning cheklangan soniga ega fazalashtirilgan antenna panjaralari
tizimlari (yoki nurlarni turg‘un tarzda shakllantirish);