298
• tarmoq arxitekturasini soddalashtirish,
tarmoq interfeyslarini
unifikatsiyalash va ortiqcha funksiyalarni qisqartirish;
• abonent uskunalari tomondan batareya quvvatini tejamliroq ish-
latish.
Bu prinsiplarni ishlatish uchun LTE
tizim interfeysida qator
istiqbolli yechimlar, aynan OFDM va MIMO texnologiyalarining
ishlatilishi,
shuningdek, FDD va TDD duplekslash rejimlaridan
foydalanish qo‘llanilgan.
Yuqoriroq operatsion moslashuvchanlikni ta’minlash uchun,
E-UTRA fizik darajasining spetsifikatsiyalari o‘tkazish polosala-
riga mustahkam biriktirilmagan va 20MGs
li maksimal polosada
ishlashga mo‘ljallangan.
LTE tizimi radiointerfeysining tashkil etilishini batafsilroq
ko‘rib chiqamiz.
eNB — tayanch stansiya (TS) va abonent uskunasi (AU) orasida
almashuv jarayoni davriy ravishda takrorlanadigan kadrlar (LTE
terminologiyasida “radiokadrlar”) asosida amalga oshadi [31].
Radiokadrlarning uzunligi 10ms ni tashkil etadi. O‘z
navbati-
da, radiokadrlar 0,5ms uzunlikdagi vaqt kesimchalari – slot
(
ingl. time slot
—
vaqt orlig‘i, qisqartirilganda
–
slot)lardan tash-
kil topgan. LTE spetsifikatsiyasidagi
barcha vaqt parametrlari
Ts = 1/(2048*
D
f) = 0,32552mks minimal vaqt birligiga
bog‘langan bo‘lib, u Fur’e tezkor o‘zgartirish usuli uchun
maksimal mumkin bo‘lgan nimeltuvchilar soniga (20MGs
li polosada 2048 ta bo‘ladi) va LTE standartida 15kGs
qilib
o‘rnatilgan nimeltuvchi chastotalar kengligi (
D
f)ga bog‘liq
bo‘ladi. Radiokadrning uzunligi 307200Ts ni tashkil etishini
hisoblash qiyin emas.
Ts
–
vaqt birligi esa, o‘z
navbatida, 3G
tizimlaridagi (W-CDMA tizimlarining 5MGs li kanallarida)
standart 3,84MGs takt chastotasiga karrali bo‘lgan 30,72MGs
takt chastotasiga mos keladi (8*3,84MGs = 30,72MGs).
Aynan shu takt chastotalarining karraliligi LTE tarmoqlarining
UMTS va GSM tarmoqlari bilan o‘zaro “yumshoq” ishlash
imkonini beradi.