296
Nurlar turg‘un tarzda shakllantirilganda DoA yo‘nalishi hi-
soblanadi va qo‘zg‘almas signal nuri o‘rnatiladi.
Agar AU bun-
day turg‘un nurlar orasida harakatlansa u holda signal djitteri
(fazaviy yoki chastotaviy tasodifiy og‘ishlar) aloqaning uzilishiga
olib kelishi mumkin. Boshqacha qilib
aytganda AU faqat nurning
markazida joylashganida signalning maksimal kuchiga ega bo‘la-
di. Nurlarni adaptiv shakllantirishda esa bunday muammo vujud-
ga kelmaydi, chunki bunda nurni antenna AUning real vaqtdagi
harakatlanishiga sozlaydi. Ko‘rinib
turibdiki, bu rejim nurlarni
turg‘un tarzda shakllantirishga qaraganda murakkabroq va qim-
matroq bo‘ladi.
Radiointerfeys funksionaliga talablar.
LTE radioulanish texnologiyasi (E-UTRA)ga qo‘yilgan ta-
lablar asosan yuqori ma’lumot
tezligiga va qisqa javob ke-
chikish vaqtiga ega paketli kommutatsiya asosida ishlaydigan
optimallashtirilgan radioulanish tizimini yaratishdan iborat.
Belgilangan xizmatlarga, masalan, yuqori
aniqlikdagi televide-
nie (HDTV), “talab asosidagi kino”
(ingl. Movie on Demand)
va IP tarmoqlari bo‘yicha nutq (VoIP) misol bo‘lishi mumkin.
E-UTRA radiointerfeysi funksionalligiga asosiy talablar
yuqorida 19.1-jadvalda keltirilgan LTE tizimlar funksional-
ligiga qo‘yilgan umumiy
talablardan kelib chiqadi, shu-
ning uchun bu yerda E-UTRAning ayrim xarakteristikalarini
(HSPA texnologiyasi bilan taqqosda) keltirish bilan cheklana-
miz (19.1-jadval).
19.1-jadval