Raqamli mobil aloqa




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/283
Sana21.11.2023
Hajmi8,51 Mb.
#102907
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   283
Bog'liq
Raqamli mobil aloqa

 “pastga” yo‘nalishda uzatish uchun — ortogonal chastotali 
multiplekslash texnologiyasi — OFDM hamda QPSK, 16-QAM 
va 64-QAM modulyatsiya usullari;
 “yuqoriga” yo‘nalishda uzatish uchun — bir eltuvchi chastotali 
multiplekslash texnologiyasi – SC-FDMA hamda BPSK, QPSK, 
8-PSK, 16-QAM — modulyatsiya usullaridan foydalanilgan.


229
E-UTRA texnologiyasi radiointerfeysi juda moslashuvchan 
bo‘lib, 1,4MGs dan 20MGs gacha (UTRAning 5MGs li o‘zgar-
mas kanallardan farqli ravishda) bo‘lgan turli xil ishchi kanal 
kengliklaridan foydalanish mumkin. Shuningdek, E-UTRA 
texnologiyasining spektral samaradorligini UTRAga nisbatan 
to‘rt marotabaga oshirishga erishildi. Tarmoq arxitekturasi 
va signalizatsiya usullarini takomillashtirish natijasida “past-
ga” hamda “yuqoriga” yo‘nalishlarda javob ushlanishi vaqti-
ni kamaytirishga erishildi. “Ko‘p sonli qabul qilish/ko‘p sonli 
uzatish” — MIMO antenna texnologiyasini qo‘llash natijasida 
LTE tizimida W-CDMA texnologiyasi asosidagi 3GPP tizim-
lariga nisbatan bir sotaga to‘g‘ri keladigan abonentlar sonini 10 
barobarga oshirildi.
SAE tizim arxitekturasi rivojlanish dasturining bir qismi sifa-
tida LTE standartida IP-protokoli asosida qurilgan tarmoqning 
“yassi arxitekturasi” taklif etildi. LTE/SAE arxitekturasining 
vazifasi har qanday IP-xizmatlarini tijoriy foydalanish nuqtayi 
nazaridan samarali qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ushbu arxitek-
tura mavjud bo‘lgan GSM/W-CDMA tizimlarining tayanch tar-
moqlari asosida qurilgan va rivojlangan, uni qurishdan maqsad 
tarmoq ekspluatatsiyasini yanada soddalashtirish hamda keyingi 
avlod tarmoqlarini bosqichma-bosqich va samarali yaratishdir. 
LTE/SAE arxitekturasi tarmoqni qurish va ekspluatatsiya qilish-
da sarflanadigan ekspluatatsion va kapital xarajatlarni sezilarli 
ravishda kamaytiradi. Yangi “yassi arxitektura” modeli trafikni 
oshib ketish hollarida faqatgina ikki tipdagi tarmoq tugunlarining 
(tayanch stansiyalar va shlyuzlarni) o‘tkazuvchanligini oshirishni 
talab qiladi. Bundan tashqari, tarmoqni konfiguratsiya qilish-
da avtomatizatsiya darajasi borgan sari oshib borayotgani ham 
kuzatilmoqda. Natijada, operatorlar ishlatayotgan tarmoqlari, 
chastota spektrlari va o‘ziga xos tijorat xususiyatlarini hisobga 
olgan holda keng polosali va multimediya xizmatlari taqdim 
etuv chi LTE texnologiyasini juda moslashuvchan ravishda tatbiq 
etishlari mumkin. 


230
Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, 3GPP va 3GPP-2 loyihalari 
ishtirokchilari CDMA-2000 va LTE tizimlarining o‘zaro ishlashi-
ni tashkil qilish yuzasida kelishilgan. Shunday qilib, CDMA-2000 
operatorlari tarmoqlarini kelajakda LTE standarti asosidagi tar-
moqlarga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Download 8,51 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   283




Download 8,51 Mb.
Pdf ko'rish