|
-bob. LTE TIZIMLARI UCHUN Pdf ko'rish
|
bet | 158/283 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 8,51 Mb. | | #102907 |
Bog'liq Raqamli mobil aloqa21-bob. LTE TIZIMLARI UCHUN
RADIOCHASTOTA SPEKTRI
21.1. Radiochastota spektri (RCHS)
Radiochastota spektri (RCHS) har bir davlatning qimmatbaho
va cheklangan resurs (mablag‘)i hisoblanadi va hozirgi kunda un-
dan foydalanishga talab borgan sari ortib bormoqda. Bunga simsiz
aloqa tizimlari xizmatlarining yaxshilangan shaklda keng tarqali-
shi va ommaviyligining ortishi, xizmatlar va uskunalar xarajatla-
rining qisqarishi va foydalanishdagi qulayligi yordam bermoqda.
Buning evaziga mavjud va yangi simsiz keng polosali tarmoqlar
mavjud radiochastotalar resurslarini tezda o‘zlashtirib olib, yangi
chastotalarga muhtoj bo‘lishlari kutilmoqda.
So‘nggi yillarda simsiz aloqa sanoati tovushli aloqa va ma’lumot
uzatish xizmatlariga foydalanuvchilar talablarining keskin ortishi-
ni boshidan kechirmoqda. Tez o‘sayotgan mobil aloqa abonentlari
soni va xizmatlardan foydalanish hajmining ortishi tufayli opera-
torlar ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, yuqori sifatli mavjud alo-
qa xizmatlarini va ma’lumot uzatishning innovatsion xizmatlarini
taqdim etish hisobiga o‘z tarmoqlarini takomillashtirishga majbur
bo‘lmoqdalar. Odatda radiochastota spektrini boshqarish masalasi
juda murakkab hisoblanadi. Ammo so‘nggi yillarda yuzaga kelgan
an’ananing o‘zgarishi kuzatilmoqda va RCHSni boshqarish jara-
yoni texnologiyalarga bog‘liq bo‘lmagan holda moslashuvchanroq
bo‘lib bormoqda va oxir-oqibatda operatorlarga bozor talablarini
yaxshiroq qondirishga imkon bermoqda. Aloqa operatorlari va
uskuna yetkazib beruvchilar innovatsion yechimlarni, shu jum-
ladan, qo‘llanadigan radiochastota spektrining samaradorligini
yaxshilaydigan takliflarni ilgari surmoqdalar. Lekin bunda yangi
simsiz aloqa texnologiyalari (WiMAX kabilar) paydo bo‘lmoqda
va ular ham spektr ajratilishiga da’vogarlik qilib, jahonning bar-
cha mintaqalarida radiochastota taqsimlash masalasini yanada
keskinlashtirmoqda.
|
| |