319
qisqartiradi va bu bilan foydalanuvchi interfeysini ancha yaxshi-
langan shaklini taqdim etadi. Bundan tashqari, UMTS tizimlari
5MGs dan kam bo‘lmagan polosalarda ishlasa, LTE tarmoqla-
rini ilk tashkil etish uchun 1,4MGs lik polosa bo‘lishi yetarlidir.
Yana
shuni ham eslab ketish kerakki, 900MGs diapazonida ishlay
ola digan UMTS abonent uskunalari faqatgina 2010-yildan paydo
bo‘la boshladi va hozirgacha bozorda yetarli darajada tarqalgan
emas. Ushbu barcha omillarni hisobga olib, ko‘plab operatorlar
LTE tarmoqlarini qurish uchun 900MGs
diapazonidagi polosalar-
ni zaxiralash variantini jiddiy o‘ylab ko‘rmoqdalar.
Haqiqatan ham, LTE tizimlarining har hil chastota polosalari-
da moslashuvchanlik bilan ishlash qobiliyati GSM tarmoqlaridan
bo‘shayotgan polosalarni egallashga ajoyib imkoniyatlar yaratadi
va qo‘shimcha chastota polosalari bo‘shatilishiga qarab tarmoq
ko‘lamini kengaytirishga imkon yaratadi. LTE tizimlarining yax-
shilangan spektral samaradorligi tufayli ularning 900MGs diapa-
zonida tashkil etilishi tarmoqlarning eng yuqori sig‘imini ta’min-
laydi.
Shuningdek, operatorlarga katta hududlarda yuqori sifatli
keng polosali xizmatlarni taqdim etish tufayli yuqoriroq chasto-
talardagi sarflarga nisbatan sezilarli ravishda kamroq sarflar bilan
LTE tarmoqlarini yaratish imkonini beradi.
Nihoyat, LTE tarmoqlarining 900MGs diapazonida tashkil eti-
lishi orqali xarajatlar va logistika bo‘yicha qo‘shimcha yutuqlar
keltirishi kutiladi,
binobarin, LTE tayanch stansiyalarini mavjud
GSM saytlariga joylashtirish mumkin, chunki mazkur diapazonda
GSM va LTE tarmoqlarining radioqamrov hududlari taxminan
bir xil bo‘ladi. Lekin bunda shu ko‘zda tutiladiki,
Yevropa sotali
aloqa operatorlari yaqin oralarda GSM tarmoqlari ishini to‘xtat-
maydilar, chunki ular (GSM tarmoqlar) hali ham mobil tovush
aloqasi va “global rouming” xizmatlarini asosini tashkil etadilar.
Aslida esa EDGE (yoki uning yangilangan E-EDGE) texnologi-
yasi qo‘llaniladigan GSM tarmoqlari yana ancha vaqt xizmat-
da qolishi va LTE tarmoqlariga asta-sekin o‘tishni ta’minlashi
mumkin. Shunga ko‘ra rivojlanish ehtimolining katta ssenariysi
320
shunday ko‘rinadiki, LTE tarmoqlarining GSM tarmoqlari bilan
900MGs diapazonida birgalikda ishlashi yana 5–10
yil davom
etadi va faqat shundan keyingina GSM tizimlarining ishlatilishi
to‘liq to‘xtatilishi mumkin. 900MGs diapazonining keyingi taq-
simlanishi ko‘p jihatdan Yevropa Ittifoqi darajasida o‘tkaziladigan
muzokaralar va qabul qilinadigan qarorlarga bog‘liq.