321
IMT kengaytirilgan diapazoni
2001-yilda Radioaloqa bo‘yicha umumjahon konferensiyasi
2500—2690MGs diapazonida IMT-2000 yer sirti radioaloqa xiz-
matlarini rivojlantirish uchun uchta qo‘shimcha chastota polosa-
larini aniqlagan edi. Unga muvofiq 2008-yildan boshlab Yevropa-
da bosqichma-bosqich FDD dupleksli IMT-2000 (hozirgi kunda
IMT-Advanced ham) tizimlari uchun 140MGs lik umumiy polo-
sa ajratilmoqda. Bunda “yuqoriga” yo‘nalishda 2500—2570MGs,
“pastga” yo‘nalishda esa 2620—2690MGs polosalari egallanmoq-
da. TDD dupleksi asosida juft bo‘lmagan kanallar yaratish uchun
50MGs lik qo‘shimcha polosa ajratilgan (2570–2620MGs). Dun-
yoning barcha hududlari uchun bu chastota polosalarining taq-
simlanishini garmonizatsiyalash tufayli ishlab chiqarish hajmini
oshirish va shuni hisobiga tejamkorlikka erishish va “global rou-
ming”ni ta’minlash ko‘zda tutiladi. Taxmin qilinishicha, LTE
tarmoqlari, birinchi navbatda, FDD juft polosalaridan foydalanib,
aynan shu polosalarda quriladi (hozircha bu LTE tijorat tarmoqla-
rini 2009—2011-yillarda tatbiq etilishi bilan tasdiqlanib kelmoq-
da). Bundan tashqari, aynan shu diapazon 20MGs kenglikdagi
kanallarni ta’minlash hisobiga LTE tarmoqlarini “to‘laqonli” ish-
latishga imkon beradigan kamyob diapazonlar sarasiga kiradi. Shu
munosabat bilan, mobil aloqa operatorlari keng polosali va yuqori
tezlikli aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun, avvalo 20MGs lik
kanallarni sinashi va zaxiralashi tabiiydir.